Xitoyning Xi’an Jiaotong universiteti va AQShning Liverpool universiteti hamkorligida ochilgan, nufuzli Xi’an Jiaotong-Liverpool University tomonidan taqdim etiladigan Entry Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Bakalavr kurslari ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Bakalavr kursida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda kontrakt to’lovi yiliga 88 000 RMB (13 472 AQSh dollari). Grant kontraktning 50% gacha bo’lgan qismini qoplab beradi.
Talablar:
- Nomzod maktab/kollej/litseyni 2021-yil kuzgacha tamomlashi kerak.
- Nomzodning baholari yuqori, akademik va darsdan tashqari faolligi yuqori bo’lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 5,0 yoki TOEFK IBT 62 sertifikatiga ega bo’lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2021-yil davomida bir nechta mavsumda qabil qilinadi: 15-fevralgacha, 15-martgacha, 15-maygacha va 15-iyungacha. Hujjat topshirishning eng oxirgi kuni 15-iyun. Hozirda eng yaqin dedlayn – 15-fevral.
Hujjat topshirish uchun bu yerdagi kurslardan keraklisini tanlab, “apply” tugmasini bosing. Kerakli hujjatlar:
- Maktab/kollej/litsey diplomi yoki shahodatnomasi
- Baholar
- IELTS yoki TOEFL sertifikati
- Shaxsiy bayon (personal statement)
- ACT/SAT sertifikati (ixtiyoriy)
- Pasport nusxasi
- Portfolio (faqat ba’zi kurslar uchun talab qilinadi. Kurs talablariga qarang).
Murojaat uchun international@xjtlu.edu.cn manziliga ingliz yoki xitoy tilida e-mail yuboring.