Shanxay moliya va iqtisodiyot universiteti xalqaro talabalarga 2018-2019-o’quv yili uchun bakalavr, magistr va doktorantura bosqichida o’qish uchun stipendiya dasturlarini taklif qiladi. Dasturga faqat talablarga javob beradigan xalqaro talabalar qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr, magistratura va doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur magistratura talabalari va doktorantura uchun universitetda o’qish to’lovni, turar joy, stipendiya va kompleks tibbiy sug’urtalashni o’z ichiga oladi. Bakalavr bosqichi uchun faqat o’qish to’lovi va tibbiy sug’urtani o’z ichiga oladi.
Talablar:
- Xitoy fuqarosi bo’lmagan salomatligi yaxshi bo’lgan shaxs;
- Xitoy universitetlarida tahsil olmayotgan hamda ro’yxatdan o’tmagan;
- Bakalavr dasturlari uchun murojaat qilganingizda 25 yoshgacha bo’lgan o’rta maktab bitiruvchisi bo’lish;
- Doktorlik dasturlari uchun magistratura diplomiga ega 40 yoshgacha bo’lgan;
- Magistrlik dasturlari uchun bakalavr darajasi ega 35 yoshgacha bo’lgan;
- Akademik va qo’shimcha o’quv mashg’ulotlarida juda yaxshi bo’lgan hamda Xitoy hukumatidan hech qanday grant dasturlarida ishtirok etmagan talabalar topshirishlari mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Quyidagi hujjatlarni nomzodlar taqdim etishlari lozim:
- Shanxay Hukumatiga grant uchun ariza shakli http://www.study-shanghai.org manzilida ariza shaklini to’ldirib chop eting);
- Ro’yxatdan o’tish uchun anketa(http://ao.sufe.edu.cn/) saytidan onlayn tarzda ro’yxatdan o’tib chop eting);
- Diplomni notarial tasdiqlangan shakli ( xitoy yoki ingliz);
- Akademik transcript (Xitoy yoki ingliz tarjimalari);
- O’quv rejasi yoki tadqiqot taklifi (Xitoy tilida yozilgan 800 ta so’zdan kam bo’lishi kerak);
- professor yoki dotsent tomonidan imzolangan ikki tavsiyanoma;
- Salomatligi to’g’risida maxsus ma’lumotnoma;
- HSK sertifikatning nusxasi (min HSK 5);
- Pasport nusxasi;
- Ariza uchun to’lov (Bakalavr talabalari uchun 415 yuan; Magistratura talabalari va doktorantlari uchun 830 yuan).
Hujjatlarni universitet manziliga to’liq holda 2018-yil 30-aprel sanasiga qadar pochta orqali jo’natish lozim.
Pochta yuborilishi lozim bo’lgan manzil:
Room 102, Admission Office ICES SUFE
No.369 Zhongshan Beiyi Road, Shanghai, China
Post code: 200083
TEL: +86-21-65361944; +86-65360382
Qiziqtirgan savollaк yuzasidan elektron ices@mail.sufe.edu.cn manziliga murojaat qilishingiz mumkin.