×

Xitoy: Bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

7301 marta

Xitoyning Fujian provinsiyasida joyashgan Xiamen universiteti xalqaro talabalar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dasturdan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Nomzod universitetda mavjud istalgan yo’nalishni tanlashi mumkin.

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 24 ta – 8ta doktorantura, 11ta magistratura va 5 ta bakalavr bosqichi uchun.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qabul qilinganlar uchun yaratiladigan iqtisodiy imtiyozlar, qabul qilinadigan talabalr soni va grant turlari bilan quyida tanishing:

Kategoriya First-class scholarships Qabul soni Second-class scholarships Qabul soni Umumiy qabul soni
Doktorantura nomzodlari • Kontrakt puli to’liq qoplanadi;

• Oylik stipendiya: 3,500 yuan (556 AQSh dollari)

3 Kontrakt puli to’liq qoplanadi 5 8
Magistratura nomzodlari • Kontrakt puli to’liq qoplanadi;

• Oylik stipendiya: 3000 yuan (476 AQSh dollari)

3 Kontrakt puli to’liq qoplanadi 8 11
Bakalavr nomzodlari Yo’q Yo’q Kontrakt puli to’liq qoplanadi 5 5

Talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi lozim;
  • Jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi lozim;
  • Bakalvriatga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar 25 yoshdan oshmagan hamda litsey/kollej diplomiga ega bo’lishi lozim;
  • Magistraturaga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar 40 yoshdan oshmagan hamda bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim;
  • Doktoranturaga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar 45 yoshdan oshmagan hamda magistrlik diplomiga ega bo’lishi lozim;
  • Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Bakalavriat uchun IELTS minimum 5.5; magistratura va doktorantura uchun minimum IELTS 6.

Dasturga qabul jarayoni:

 

Ushbu dasturga faqat Xiamen universitetiga qabul qilingan nomzodlargina qabul qilinadi. Shu sababli, dastlab universitetga bakalavr/magistr/doktor sifatida hujjat topshirsh va qabul qilinish lozim. Bu uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak: 

1. Nomzod dastlab onlayn tarzda onlayn tarzda universitetga hujjat topshirishi lozim. So’ng hujjatlar muvaffaqiyatli topshirilganligini tasdiqlangan, arizani (Application Form for International Students) yuklab olish hamda printerdan chiqarib olishi zarur. Onlayn arizani SHU YERDA (http://admissions.xmu.edu.cn/application.php) tashrif buyuring.
2. Nomzod  Application Form for XMU Scholarship arizasini to’ldirishi va printerdan chiqarib olishi kerak.
3. Yuqoridagi ikkita ariza shakli hamda kerakli hujjatlarning barchasini pochta orqali qog’oz shaklda universitet qabulxonasiga yuborilishi lozim.

 

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Xiamen universiteti

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

Admissions Office of Xiamen University, Fujian Province, China 361005; Tel: +86 (0)592 2184792

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!