×

Xitoy: Barcha bosqichlar uchun toʻliq grantlar; turar joy va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi; stipendiya – 507 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1987 marta

Xitoyning University of Science and Technology of China (USTC) 2020-2021-yillar uchun 2020 USTC Scholarship Program dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi Xitoyning turli hududlarida joylashgan universitetlarga yuqori salohiyatli yosh bakalavr, magistr va doktorantlarni jalb etishdir.

Universitetda oʻqitiladigan yoʻnalishlarda taʼlim asosan xitoy tilida, ayrim dasturlar esa ingliz tilida olib boriladi:

Dasturlar va dars beruvchi professor-oʻqituvchilar haqida maʼlumot: shu yerda, yoʻnalish, fakultet, maktab va boʻlimlar bilan batafsil tanishish: shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Turar joy uchun har oyda bakalavriat talabalariga 500 RMB (taxminan 72 USD), magistratura talabalariga 700 RMB (taxminan 100 USD), doktorantlarga 1000 RMB (taxminan 144 USD) turar joy uchun mablagʻ beriladi.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda bakalavriat talabalariga 2500 RMB (taxminan 362 USD), magistrlarga 3 000 RMB (taxminan 434 USD), doktorantlarga 3 500 RMB (taxminan 507 USD) stipendiya ajratiladi.
  4. Nomzodning tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlab beriladi.

Stipendiya dasturi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Xitoylik boʻlmagan, aqliy va jismoniy sogʻlom fuqarolar bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod ariza topshirish davrida Xitoy universitetlaridan birining talabasi boʻlmasligi kerak, yoki Xitos oliygohini tamomlaganiga bir yildan oshgan boʻlishi kerak.
  3. Bakalavriatga nomzod 2020-yil 1-sentabr holatiga 30 yoshdan oshmagan va maktab attestati/kollej/litsey diploma egasi boʻlishi lozim. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi, doktorantura nomzodi esa 45 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  4. Xitoy tilidagi dasturga hujjat topshirgan, ammo xitoy tilini egallaganlik darajasi yetarli boʻlmagan nomzodlar bir yillik xitoy tili kursida oʻqishi talab etiladi. Stipendiya muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
  5. Xitoyning boshqa stipendiyalari sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 31-martga qadar qabul qilinadi.

  1. Oʻqishga kirish uchun ariza berish. Onlayn-ariza toʻldirish uchun onlayn-ilova tizimiga kiring, roʻyxatdan oʻting va registratsiya holatini tekshiring. Onlayn roʻyxatdan oʻtish 31-martgacha amalga oshirilishi kerak.
  2. Onlayn-ilovada ishlab turgan elektron pochta manzilingiz, login va parol koʻrsatgan holda identifikator yarating. Tasdiqni elektron pochtangiz orqali olasiz;
  3. Identifikatorga kiring va onlayn-ariza hamda boshqa hujjatlarni yuklang. Dedlayn (2020-yil 31-mart)gacha identifikatordagi hujjatlaringiz istagancha tahrirlashingiz va toʻldirishingiz mumkin. Hujjatlaringiz “NEXT” tugmasini bosib keyingi qadamga oʻtganingizda avtomatik tarzda saqlanadi;
  4. Yakunlagangizdan keyin “Confirm and Submit”ni bosing. Bundan keyin hujjatlaringizni oʻzgartirib boʻlmaydi;
  5. Ariza statusini Quick Linksdagi “Status” boʻlimi orqali tekshirishingiz mumkin.
  6. Qogʻoz shaklidagi hujjatlarni topshirish. Internetda ariza bergandan keyin USTC Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga 2020-yilning 10-apreliga qadar ariza hujjatlarni pochta orqali yoki shaxsan yetkazing (elekron pochta orqali joʻnatilgan hujjatlar koʻrilmaydi).

Hujjatlar tarkibi:

  1. Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan ariza.
  2. Pasport fotonusxasi.
  3. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi (800 ta soʻz).
  4. Rezyume.
  5. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma (tavsiya beruvchining elektron manzil va telefon raqami bilan birga topshiriladi).
  6. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
  7. Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod (agar bir yillik xitoy tili kursida oʻqishga ariza topshirmagan boʻlsa) kamida HSK 4 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi; Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan) lar uchun IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak;
  8. Ilmiy daraja sertifikati (bakalavr/magistr diplomi) va baholar varagʻining yurtimizdagi tegishli Taʼlim vazirligi tomonidan notarial tasdiqlangan nusxasi. Agar bitiruvchi universitetni tamomlamagan boʻlsa, talabalikni tasdiqlovchi hujjat. Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;

Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim. Shuningdek, dasturga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

Barcha hujjatlarni “Application for USTC” nomi bilan onlayn-arizaning tartib raqami va USTC onlayn-ilovasidagi identifikatoringizni koʻrsatgan holda jildga yoki konvertga joylab, quyidagi manzilga belgilangan muddatda taqdim etish lozim:

Manzil: International College, -86-551-63600279, University of Science and Technology of China, 96 Jinzhai Road, Hefei, 230026, Anhui, China

Stipendiat oʻqish yoʻnalishini oʻzgartirishi yoki boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirishi mumkin emas. Aks holda stipendiya bekor qilinadi. Shuningdek, universitet rahbariyati yilda bir marta stipendiatlarning yillik faoliyati tahlilini olib boradilar. Talaba kasalligi sababli akademik taʼtil olib yurtiga qaytgan hollarda stipendiya oʻrni bir yilga saqlanadi.

USTC belgilangan muddat yakunigacha barcha arizalarni koʻrib chiqadi. Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi hamda boshqa qoʻshimcha mezonlarga koʻra saralanadi.

Bogʻlanish uchun:

Office of International Cooperation

Manzil: University of Science and Technology of China, 96 Jinzhai Road, Hefei, 230026, Anhui, P. R. China

Telefon: 86-551-63600279

Faks: 86-551-63632579

E-mail: isa@ustc.edu.cn.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!