Xitoyda joylashgan Harbin Institute of Technology tomonidan taqdim etiladigan HIT-Qingrui Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Harbin universitetining ingliz tilida o’qitiladigan bakalavr kurslarida o’qish uchun xorijlik talabalarga beriladi. Kurslar ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Ingliz tilidagi bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- 1- toifa grant: bepul o’qish va yotoqxona.
- 2- toifa grant: bepul o’qish.
- 3-toifa grant: o’qish to’loviga 50% chegirma.
- 4-toifa grant: o’qish to’loviga 30% chegirma.
Grantlar avvaliga 4 yilga beriladi. Birinchi yil baholari pasayib ketmagan talabalar grant olishda davom etadi. Kontrakt to’lovi yoliga 3700 AQSh dollariga teng. Batafsil
Talablar:
Nomzodlar:
- 30 yoshdan kichik;
- Xitoydan boshqa davlat fuqarosi;
- Harbin universiteti ingliz tilidagi bakalavr kursiga hujjat topshirgan;
- Ingliz tilidan kamida IELTS 5,5 yoki TOEFL iBT 90 tilitifikatiga ega;
- Sog’lom;
- Maktab/kollej/litseyni tamomlagan;
- Yuqori baholarga ega bo’lishi kerak.
- Harbin universiteti tayyorlov kursida o’qigan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish uchun bu yerga kirib, “Application Form of Qingrui Scholarship for International Students” nomli ariza shaklini to’ldirish zarur.
Arizalar har yili 10-maygacha qabul qilinadi. Ariza shakli tayyorlangach, kerak hujjatlar bilan birga pochta orqali ushbu manzilga yuboring:
No.11 Siling Street, Nangang District, Harbin 150001, China, College of International Education, Harbin Institute of Technology
Kerakli hujjatlar:
- Ariza;
- Ingliz yoki xitoy tilida yozilgan 500-so’zli shaxsiy bayonot;
- Maktab/litsey/kollej diplomi va baholari;
- IELTS yoki TOEFL sertifikati;
- Pasport nusxasi.
Hujjatlarning rasmiylashtirilgan nusxalari yuborilishi kerak. Hujjatlar qaytarib berilmaydi. Natijalar 20-maygacha e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: StudyatHIT@hit.edu.cn