×

Xitoy: magistatura va doktarantura uchun to’liq grant va oylik stipendiya; joy – 70ta!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4534 marta

Xitoyda joylashgan South China University of Technology (SCUT) oliygohida chet ellik talabalar uchun ajtatilgan Chinese Government Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi shu Universitetda o’qitiladigan magistratura hamda doktarantura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi chet ellik talabalarni qo’llab-quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktarantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Ro’yxatdan o’tish to’lovi to’lab beriladi;
  2. Kontrakt to’lovi to’liq qoplab beriladi;
  3. Turar joy ta’minlanadi;
  4. Oylik stipendiya beriladi: magistratura talabalari uchun 3 000 RMB (tahminan 437 AQSH dollari), doktarantura talabalari uchun 3 500 RMB (tahminan 509 AQSH dollari)
  5. Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  1. Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod sog’lom bo’lishi kerak.
  3. Magistratura kursi uchun grant yutib olmoqchi nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va 35 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  4. Doktorantura uchun grant yutib olish istagidagi nomzod magistr darajasiga ega bo’lishi va 40 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  5. Nomzod Xitoy hukumati yoki boshqa manbadan moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.
  6. Nomzod ingliz yoki xitoy tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilida o’qitiladigan kursga hujjat topshirayotgan nomzodlar IELTS, xitoy tilida o’qitiladigan kursga hujjat topshirayotgan nomzodlar HSK sertifikati taqdim etishlari zarur.

Xitoy tilidagi kurslar uchun: Fan va Muhandislik kurslari uchun kamida HSK 4, Iqtisodiyot, Menejment yoki Liberal Arts yo’nalishlari uchun kamida HSK 5 talab etiladi. Ingliz tilidagi kurslar uchun: IELTS’dan kamida 6 yoki TOEFL’dan kamida iBT 80 ball talab etiladi

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga arizalar 2019-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Ariza berish uchun http://www.csc.edu.cn/Laihua/ saytiga kiriladi va quyidagi bosqichlar tartib bilan amalga oshiriladi:

  1. Ariza shakli 2 nusxada chop etiladi (<APPLICATION FORM FOR CHINESE GOVERNMENT SCHOLARSHIP> (pdf))
  2. Ariza to’ldirilib http://scut.edu.cn/apply manziliga jo’natiladi. So’ngra, barcha nomzodlar SCUTning Professional Schoolning o’zlari birga tadqiqot olib bormoqchi bo’lgan ilmiy rahbar bilan pochta yoki konferens aloqa orqali boglanib, suhbatdan o’tishlari zarur. Suhbatdan o’tgan nomzodlarga oldindan qabul qilinganlik haqidagi xat beriladi.
  3. Kerakli hujjatlar ro’yxatidagi barcha hujjatlar to’planib, quyidagi manzilga pochta orqali yuboriladi:

Admissions Office, School of International Education, SCUT
Room 207, B1 Building, South China University of Technology,
University Town Campus, Panyu District, Guangzhou
Postcode: 510006. Tel: 86-20-39381048 or 39381029 or 39382002.

Kerakli hujjatlar:

  1. SCUT Chinese Government Scholarship uchun beriladigan hujjatlar ro’yxati.
  2. SCUT universitetiga qabul uchun ariza.
  3. Chinese Government Scholarship dasturi uchun ariza.
  4. Pasportning oldingi va viza sahifalari nusxasi.
  5. Bakalavr diplomi (magistratura uchun) yoki magistrlik diplomi (doktarantura uchun).
  6. Baholar – diplom ilovasi (tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda).
  7. Tadqiqot rejasi (ingliz yoki xitoy tilida, kamida 500 so’zdan iborat).
  8. 2 ta tavsiyanoma.
  9. Nomzodning tadqiqot uchun tanlagan ilmiy rahbaridan qabul xati.
  10. Doktaranturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar uchun: bitiruv dissertatsiyasidan parcha yoki boshqa nashrlardan namuna.
  11. Tibbiy tekshiruv natijalari.
  12. Musiqa yo’nalishidagi kurslarga hujjat topshirayotgan nomzodlar: qo’shiqlar yozilgan kaseta.
  13. Arxitektura yo’nalishidagi kurslarga hujjat topshirayotgan nomzldlar: portfolio.
  14. Tilni bilish sertifikatlari.
  15. Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tillarida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Muhim sanalar:

  • Ariza sanasi: 2018 yil 1 dekabrdan 2019 yil 31 martgacha
  • Birinchi bosqich:nomzodlar may oyining oxirida scut.edu.cn/sie/english saytida e’lon qilinadi.
  • Grant kimlarga berilishi hal bo’ladi va iyul oyi oxirida scut.edu.cn/sie/english saytida e’lon qilinadi.
  • Xalqaro talabalar tanlov byurosi avgust oyi boshida muvaffaqiyatli murojaat etuvchilarga viza olish uchun ariza (JW201)
  • Dasturning boshlanishi: 2019-yil sentabr

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!