×

Xitoy: Magistratura va doktorantura uchun barcha xarajatlar qoplanadigan grant; stipendiya oylik – 510 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1962 marta

Xitoyning Lanchjou shahrida joylashgan Lanzhou University 2020-2021-yillar uchun Chinese Government Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan. Grant universitetga yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni jalb etishdir. Grant universitetning 2020-yil sentabrda boshlanadigan magistratura va doktorantura kurslari uchun amal qiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Bepul turar joy bilan taʼminlanadi,.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3 000 RMB (437 USD), doktorantlarga 3 500 RMB (510 USD) stipendiya beriladi.
  4. Tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Xitoylik boʻlmagan, ruhiy va jismoniy sogʻlom fuqarolar ariza topshira oladi.
  2. Nomzod a’lochi bo‘lishi va avval Xitoyda o‘qimagan bo‘lishi kerak.
  3. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Doktorantura nomzodi esa 40 yoshdan oshmagan va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  5. Xitoy hukumatidan boshqa stipendiya olayotgan nomzodlar bu dasturda ishtirok eta olmaydi.
  6. Nomzod xitoy tilini kamida HSK 4 darajaga bilishi zarur.
  7. Nomzod stipendiya taalluqli bo‘lgan kurslardan biriga o‘qishga kirishi kerka. Ro‘yxat: shu yerda.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Buning uchun magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza beriladi. Universitetga qabul uchun dedlayn 2020-yil 31-mart. Shuning uchun o‘qishga hujjatlarni iloji boricha erta topshiring.

Hujjatlar quyidagicha topshiriladi:

  1. Grantga ariza toʻldirish uchun shu yerdan onlayn-ilova tizimiga kiring va registratsiyadan oʻting.
  2. Registratsiyadan keyin Program code – B deb beilgilaysiz va agentlik kodi sifatida 10730 raqamini yozing.
  3. LZU – universitetga kirish uchun ham onlayn-ariza shaklini toʻldiring. “Application Materials” ro‘yxatida berilgan hamma hujjatlarni tayyorlang.
  4. Arizani imzolang, yaqinda olingan fotosuratingizni, hamma hujjatlarni biriktiring va 2 nusxada School of International Cultural Exchange, Lanzhou University ga pochta orqali jo‘nating:

Room 703 Students Activity Center, No.222 South Tianshui Road, Lanzhou, Gansu Province, P. R. China

Post code: 730000

Student Consultant: Xie Fei(Miss), Wang Shan(Miss)

Tel: 0931-8914290

E-mailinteradmission@lzu.edu.cn

Hujjatlar tarkibi:

  1. Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan ariza.
  2. Bakalavr/magistr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Diplom ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Pasport fotonusxasi.
  5. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi.
  6. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Hujjatda tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari yoziladi.
  7. Sudlanmaganlik haqida hujjat. IIV dan olinadi. Ma’lumotnoma 6 oygacha yaroqli hisoblanadi. Hujjat topshirayotganda bunga e’tibor bering.
  8. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasi.
  9. Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika yoʻnalishlari uchun kamida HSK 4, iqtisod, menejment, falsafa, adabiyot, taʼlim va huquq sohalari uchun HSK 5 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi (aks holda 1 yil qoʻshimcha xitoy tili oʻqish kerak boʻladi). Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS kamida 5,5/TOFEL 80 ball yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
  10. CV (nashr ishlari roʻyxati, agar mavjud boʻlsa).

 Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim. Yodda tuting: barcha hujjatlar ikki nusxada topshiriladi. Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademk yutuqlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2020-yilning 15-iyulgacha e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Room 703 Students Activity Center, No.222 South Tianshui Road, Lanzhou, Gansu Province, P. R. China

Post code: 730000

Student Consultant: Xie Fei(Miss), Wang Shan(Miss)

Tel: 0931-8914290

E-mailinteradmission@lzu.edu.cn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!