×

Xitoy: PhD bosqichi uchun 6 ta to’liq grant


Grant

MUHLAT

15.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1954 marta

Wuhan universiteti Xitoyning eng yaxshi o’nta universitetlari tarkibiga kiradi. Atrof-muhit sohasidagi qonunchilik ilmiy-tadqiqot instituti (RIEL) mamlakatdagi eng muhim ekologik huquq tadqiqot instituti hisoblanadi. (Environmental Law) Atrof-muhit qonunchiligida oltita doktorantura o`rnini e`lon qiladi.

Universitetning oliy ta’lim sifati va Sharqiy ko`ldagi go’zal tabiati universitetning turli fanlari bo’yicha o’qish uchun yiliga 2,000 dan ortiq xalqaro talabalarni jalb etmoqda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. O’qish narxi (Tuition fee)
  2. Turar joy
  3. Bir oyda 3500 RMB (o`rtacha 520 AQSh dollari) miqdorida hayotiy nafaqa.
  4. Tibbiy sug’urta

Talablar:

  1. (PhD) Doktorlik dasturini tamomlashni rejalashtirgan.
  2. Xitoy fuqaroligiga ega bo’lmagan va
  3. 40 yoshdan kichik bo’lishi lozim.
  4. Bakalavr yoki huquqshunoslik doktorantura JD darajasini, shuningdek, huquq yo`nalishida magistrlik darajasini olgan bo`lishi lozim (oxirgi talabga binoan, uning o’rniga ekvivalent tajriba malakasi ko’rsatilishi mumkin).
  5. Ingliz tilida yuqori malakaga ega bo’lishi lozim (minimal: IELTS 7.0 yoki TOEFL 95). Ushbu talab ta’lim tili ingliz tili bo’lgan mamlakatlarda ta’lim olgan abiturientlardan voz kechiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitetga hech qanday hujjat topshirmasdan oldin, murojaat etuvchilar, avvalo, Ekologiya Huquqi Ilmiy-Tadqiqot Instituti professori Aleksandr Zakarga murojaat qilib (quyida aloqa ma’lumoti) stipendiyaga qiziqishlari borasida maslahatlashishlari mumkin.

  • Ariza beruvchilar ushbu dastur bo’yicha universitetga ariza topshirishdan oldin professor Zakarning ruxsatnomasini olishi kerak.
  • Bu holatda ayniqsa atrof-muhit qonunchiligida ilgari surilgan tadqiqotlar uchun, huquq darajasiga ega bo’lmagan shaxslar oldindan roziligini olishlari kerak emas.
  • Ariza berish ma’qullanganidan so’ng, professor Zahar murojaat etuvchilarga universitetga ariza topshirish bo’yicha ko’rsatmalar beradi.
  • Ariza beruvchilar, agar ular qisqa ro’yxatga olingan bo’lsa, maxsus tayinlangan huquqshunoslar guruhi tomonidan intervyu olishlari kerakligini bilishlari kerak.
  • Universitetga topshiriladigan tugallangan arizalarni to’ldirish muddati – 2018 yil 15 mart.
  • Shu sababli, arizachilar professor Zahar bilan so`ngi muddatdan oldin bog`lanishlari (batafsil) kerak.

Oldindan tasdiqlash jarayoni uchun aloqa ma’lumot:

Professor Alexander Zahar
Luojia Distuinguished Professor,
and Assistant Director
Research Institute of Environmental Law
Wuhan University
Wuhan 430072, Hubei Province
People’s Republic of China

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Wuhan University

Ta`lim dasturining davomiyligi:  Grant doktorantlarni uch yil davomida va istisno holatlarda to’rt yilgacha qo’llab-quvvatlaydi.

Doktorantura dasturida birinchi yil mobaynida majburiy o’qitiladigan huquqiy tadqiqotlar bo’yicha metodologiya kursini qamrab oluvchi tizim mavjud.

Ta’lim tili: Ta’lim tili ingliz tilidir.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!