×

Xitoy: xitoy tilida o’qitiladigan bakalavr kurslari uchun to’liq grant va bepul turar joy!


Grant

MUHLAT

10.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1341 marta

Xitoyda joylashgan Harbin Institute of Technology tomonidan taqdim etiladigan HIT Outstanding International Freshman Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Harbin universitetining xitoy tilida o’qitiladigan bakalavr kurslarida o’qish uchun xorijlik talabalarga beriladi. Kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Xitoy tilidagi bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1- toifa grant: bepul o’qish va yotoqxona.
  • 2- toifa grant: bepul o’qish.
  • 3-toifa grant: o’qish to’loviga 50% chegirma.
  • 4-toifa grant: o’qish to’loviga 30% chegirma.

Grantlar avvaliga 1 yilga beriladi. Birinchi yil baholari pasayib ketmagan talabalar grant olishda davom etadi. Kontrakt to’lovi yoliga 2850 AQSh dollariga teng. Batafsil

Talablar:

Nomzod:

  • 30 yoshdan kichik;
  • Xitoydan boshqa davlat fuqarosi;
  • Harbin universiteti xitoy tilidagi bakalavr kursiga hujjat topshirgan;
  • HSK 4 xitoy tili sertifikatiga ega; 
  • Sog’lom;
  • Maktab/kollej/litseyni tamomlagan;
  • Yuqori baholarga ega bo’lishi kerak.
  • Harbin universiteti tayyorlov kursida o’qigan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun bu yerga kirib, “Application Form of HIT Outstanding International Freshman Scholarship” nomli ariza shaklini to’ldirish zarur. 

Arizalar har yili 10-maygacha qabul qilinadi. Ariza shakli tayyorlangach, kerak hujjatlar bilan birga pochta orqali ushbu manzilga yuboring:

 No.11 Siling Street, Nangang District, Harbin 150001, China, College of International Education, Harbin Institute of Technology

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza;
  • Ingliz yoki xitoy tilida yozilgan 500-so’zli shaxsiy bayonot;
  • Maktab/litsey/kollej diplomi va baholari;
  • HSK sertifikati;
  • Pasport nusxasi.

Hujjatlarning rasmiylashtirilgan nusxalari yuborilishi kerak. Hujjatlar qaytarib berilmaydi. Natijalar 20-maygacha e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: StudyatHIT@hit.edu.cn 

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!