×

Xitoy: Yenching Global Symposium 2020; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3072 marta

Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtadigan Yenching Xalqaro Simpoziumi (YGS) ga arizalar qabul qilinmoqda. Simpozium 2020-yilning 27-29 mart kunlari Pekinda joylashgan Yenching universitetida oʻtlaziladi. 2020-yilgi simpozium “Reimagining Global Solutions” mavzusida boʻladi. Simpoziumdan maqsad zamonaviy Xitoyni turli jinslar nuqtayi nazaridan oʻrganishdir. Simpoziumda qatnashchilar taniqli notiqlarning mavzu boʻyicha tayyorlangan nutqlarini tinglaydilar, baxs-munozaralarda qatnashadilar va oʻzlari ham nutq soʻzlaydilar. Simpoziumga Xitoy haqidagi nutqlar va shu davlatga oid hikoyalar va faktlar quyidagi kategoriyalar asosida qabul qilinadi:

1) Fulfilling Demand

2) Allocating Resources

3) Pursuing Longevity

Grant kimlar uchun?

Bakalavr diplomiga ega koʻngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yenching simpoziumi ishtirokchilarga grantlar ham beradi, ushbu grantlar quyidagi harajatlarni qoplaydi:

  1. Qatnashchining safar xarajatlari qoplab beriladi.
  2. Qatnashchining oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.
  3. Unga turar-joy tashkil etib beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  2. Nomzodning 30 yoshdan kichik boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini bilish darajasi xalqaro sertifikatlar (IELTS, TOEFL) taqdim qilish orqali koʻrsatilishi mumkin. Bunday sertifikati boʻlmaganlar ham dasturga topshira oladi, lekin ular ingliz tilini bilish darajasini ingliz tilida taʼlim olgani yoki ingliz tilida yozgan ilmiy ishlari yoxud ingliz tilida muloqot qilishni talab etuvchi ishda ishlashi orqali koʻrsatib berishi kerak.
  4. Nomzod Xitoy davlati, madaniyati va siyosatiga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
  5. Nomzod kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega shaxs boʻlishi zarur.
  6. Nomzod ilgari Yenching simpoziumida ishtirok etmagan boʻlishi kerak.
  7. Agar nomzod Xitoyga aloqador biror faoliyat bilan shugʻullangan boʻlsa (stajirovka, koʻngilli ish, ilmiy yoki amaliy mashgʻulotlar va hkz) yanada yaxshi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Nomzodlar ariza shaklini toʻldirishlari va ilova qilinadigan hujjatlarni topshirishlari kerak:

Ariza toʻldirishdan avval shu yerda berilan yoʻriqnomani oʻqib chiqing.

Ariza toʻldirishda turli savollarga kamida 200 soʻzdan iborat, hammasi boʻlib 1 500 ta soʻzgacha javoblar yozish va CV/resume taqdim etish kerak boʻladi.

Hujjat topshirishda quyidagi savollarning har biriga javob yozish zarur:

  1. What does ‘Sustainability’ in the global context of China’s development mean to you?
  2. Choose one of the subthemes. Tell us why you are most interested in this subtheme.
  3. What do you expect to learn from YGS and how will you use the knowledge acquired from the symposium in your field, country, or context? Please provide specific examples.

Optional: Is there any other information you would like to share about yourself? (Please do not repeat your CV)

Simpoziumga arizalar  Ariza natijalari yanvar oyining boshida e’lon qilinadi, simpoziumga qabul qilinganlar bu paytda elektron xabarnoma olishadi, qabul qilinmaganlarga esa maxsus xabar joʻnatilmaydi.

Ma’lumot uchun: delegates@yenchingsymposium.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!