Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Southern University of Science and Technology (SUSTech) oliygohining Department of Mechanical and Energy Engineering fakulteti shu universitetda ishlash hamda tadqiqotlar olib borish istagidagi nomzodlardan Chair Professor, Professor, Associate Professor va Assistant Professor lavozimlari uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur doirasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tadqiqot olib boriladi:
- Intelligent Manufacturing (micro-nano manufacturing, additive manufacturing, intelligent equipment, numerical modeling simulation and cloud computing).
- Smart Robot (rehabilitation robots, mini-robots, UAV intelligent control, underwater robots).
- Innovative design.
Tadqiqotchilar to’liq stavkali, haq to’lanadigan ish o’rinlari bilan ta’minlanadilar. Shuningdek, yuqoridagi uch asosiy yo’nalish bo’yicha keng miqyosdagi tajribalar olib borish, mahalliy va xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish, bakalavr, magistrant talabalarga dars o’tish hamda bitiruv ishlariga ilmiy rahbar sifatida faoliyat olib borish imkoniga ega bo’ladilar.
Hujjat qabul qilish munosib nomzod tanlanishi bilan yakunlanadi.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchi/o’qituvchi-murabbiylar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda g’olib bo’lgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Tadqiqotchining mehnat tajribasi va malakasidan kelib chiqib unga xalqaro talablarga mos oylik ish haqi to’lanadi, tadqiqotlar olib borish uchun mablag’ ajratiladi hamda barcha sharoitlar yaratib beriladi.
- Tadqiqotchiga turar joy, ish joyidan alohida xona, laboratoriyada ishlash imkoniyati hamda eksperiment o’tkazish uchun maydon
- Tadqiqotchiga «Thousand Talents Program», «Leading Talent of Guangdong Province», «Peacock Plan» kabi iqtidorli olimlar uchun tashkillashtiriladigan dastur/tanlovlarda qatnashish imkoniyati yaratib beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzod mechanical manufacturing yo’nalishi bo’yicha doktorlik darajasiga ega bo’lishi, mechanical design va manufacturing-related area sohalarida o’qituvchilik yoki tadqiqotchilik tajribasiga ega bo’lishi zarur.
- Chair Professor, Professor lavozimlariga hujjat topshirish uchun nomzod 10 yildan kam bo’lmagan amaliy tajribaga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod o’zi ariza bergan soha bo’yicha tadqiqot olib borishga ishtiyoqmand bo’lishi kerak.
- Nomzod dastur davomida loyiha ustida ishlayotgan guruh a’zolari hamda hamkor tashkilot vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor bo’lishi kerak.
- Nomzod Southern University of Science and Technology talablariga mos boʻlishi kerak.
- Dasturda g’olib bo’lgan ishtirokchi ta’lim berish va tadqiqotlar olib borish jarayonida o’zidagi yetakchilik qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lishi kerak.
- Nomzod yozma va og’zaki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur bo’yicha grant o’rinlari 2019-yilning 13-iyulida e’lon qilingan bo’lib, hujjat topshirishning alohida muhlati belgilanmagan. Dasturga arizalar qabul qilish munosib nomzod topilishi bilan nihoyasiga yetadi. Shu sababli dasturda ishtirok etish niyyatidagi nomzodlarga iloji boricha ertaroq ariza berishlari tavsiya etiladi. Dasturda ishtirok etish maqsdidagi nomzodlar quyidagi ma’lumotlar jamlangan hujjatlarni ligq@sustc.edu.cn manziliga yuborishlari kerak:
- CV (nomzod rezyumeda qaysi lavozimga ariza bermoqchiligi va tadqiqot mavzusi haqida qisqacha ma’lumot berishi zarur)
- Chop etilgan nashrlarning to’liq ro’yxati.
- Tadqiqotga qiziqishini ifodalovchi xat (Statement of research interests).
- O’qitish tizimi haqidagi bayonot (Statement of teaching philosophy).
- Eng oxirgi izlanishlar/nashrlardan uchtasining to’liq varianti.
- 5 ta tavsiya beruvchi shaxsning ismi – sharifi hamda kontakt raqamlari.
Nomzodlar ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar. Dasturga hujjat topshirish tartibi va talablari bu yerda berilgan.
Ma’lumot uchun:
Tel.: +86-755-88018124
E-mail: ligq@mail.sustc.edu.cn