Umumiy ma’lumot:
Xubert Xamfri Stipendiyalar Dasturi bir yillik, to‘liq stipendiyali dastur bo‘lib, u o‘rta pog‘ona lavozimlaridagi kasb egalariga, yetakchilik tajribasiga ega, jamoat xizmatlariga sodiq bo‘lgan hamda AQShning ilg‘or universitetida o‘zi tanlagan dastur bo‘yicha mustaqil ta’lim olishdan to‘liq foydalana oladigan malakali xodimlar uchun mo‘ljallangan. Dastur ishtirokchilari AQSh Hukumati tomonidan beriladigan sertifikat bilan taqdirlanadilar; dastur qo‘shimcha daraja berish uchun mo‘ljallanmagan.
Xubert Xamfri Stipendiyalar Dasturi Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, Karib orollari, Yaqin Sharq, Evropa va Evrosiyo mamlakatlarining etuk mutaxassislarini o‘z kasbi-korlarining o‘rta pog‘onasidagi davrda AQShga olib kelib, bir yillik o‘qish va professional tajribalar orttirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Xamfri Dasturi sobiq Senator va Vitse-Prezident Xubert Xamfri xotirasi va erishgan yutuqlariga bag‘ishlanib, 1978-yilda tashkil topdi. Tanlov g‘oliblari o‘zlarining mamlakat miqyosidagi etakchilik qobiliyatlari va jamoat xizmatlarida faoliyat yuritish rejalari asosida aniqlanadi.
Dastur Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari va ularning chet mamlakatlardagi hamkasbdoshlari o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatishga, fikr almashish va butun dunyo bo‘ylab o‘zaro hamfikrlilikni kengaytirishga zamin yaratadi.
Stipendiyalar raqobat asosida davlat yoki xususiy sektorda bo‘lgan jamoat xizmatlarida faoliyat yuritishga ahd qilgan malakali nomzodlarga taqdim etiladi.
Muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar:
- Qishloq xo‘jaligi va Qishloq Taraqqiyoti
- Kommunikatsiya vositalari/Jurnalistika
- Ichkilik va giyohvandlikka qarshi tashviqotlar olib borish, davolash va ularning oldini olish
- Iqtisodiy Taraqqiyot/Moliya va Bank ishi
- Ta’lim Boshqaruvi, rejalashtirish va siyosati
- OIV/OITSga qarshi kurash siyosati va oldini olish
- Kadrlar boshqaruvi
- Qonun va inson huquqlari
- Tabiiy resurslar/Atrof-muhitni saqlash siyosati/iqlim o‘zgarishi
- Sog‘liqni saqlashga oid siyosat va boshqaruv
- Davlat siyosati tahlili va davlat boshqaruvi
- Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatish (O‘qituvchi malakasini oshirish yoki o‘quv kurslari dasturini takomillashtirish)
- Texnologiyalar siyosati va boshqaruvi
- Odam savdosi, siyosati va uning oldini olish
- Shaharlar va mintaqaviy rejalashtirish
Hujjat topshirish tartibi:
Hujjat topshirish uchun internet orqali SHU YERDA ro‘yxatdan o‘tib, Hubert Humphrey anketasini to‘ldirishlari mumkin. Mahalliy tanlovdan so‘ng, yakuniy nomzodlar Qo‘shma Shtatlardagi mustaqil tekshiruv qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur tekshiruv qo‘mitalari Uilьyam Fulbrayt Stipendiyalar Kengashiga yakuniy g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar kiritadi. G‘oliblar ro‘yxati har yilning erta bahorida e’lon qilinadi.
Xamfri Stipendiyalariga erishish uchun nomzodlar quyidagilarga ega bo‘lishlari lozim:
- Universitet diplomi, Bakalavr unvoni
- Besh yillik ish tajribasi
- Etakchilik sifatlarini namoyish etgan va jamoat sohasida xizmat qilgan
- Ingliz tilini yaxshi bilish
- Muqaddam AQShda ko‘p muddat turmaganligi
- Shartlar va sharoitlar
Xamfri Stipendiyasi xalqaro safar xarajatlari, o‘qish va universitet to‘lovlari, kasallik va baxtsiz hodisalar ehtimoliga qarshi sug‘urta, oylik yashash xarajatlari hamda kitoblar va professional faoliyatlar bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladigan pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Xamfri Stipendiyasi ishtirokchining oila a’zolari safari va yashashi uchun moddiy yordam ajratmaydi.
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA