×

Yangi Zelandiya: bakalavr va magistratura uchun 12 706 AQSh dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2881 marta

Yangi Zelandiyaning shimolida joylashgan Massey University 2020-21-yilgi magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalardan College of Humanities and Social Sciences International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Massey universitetining College of Humanities and Social Sciences maktabida oʻqishni istagan bakalavr va magistratura talabalariga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Taxminiy kontrakt narxlari bilan: SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Bakalavr bosqichi talabalariga taxminan 20 000 NZD (taxminan 12 706 AQSh dollari)
  • Magistratura talabalariga taxminan 10 000 NZD ( taxminan 6 353 AQSh dollari) pul ajratiladi.

Grant har 120 kredit uchun bir yilga 5000 yangi zelandiya dollari, yaʼni taxminan 3 176 AQSh dollari ajratadi. Narxlar valyuta kursiga koʻra oʻzgarishi mumkin. Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar arize bera oladi).
  • Universitetning bakalavr yoki magistratura kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod 12 yillik taʼlim hujjati (9 yillik maktab attestati va 3 yillik kollej/litsey diplomi) yoki bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • PhD bosqichida oʻqiydigan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi (GPA bakalavr uchun 5,0, yaʼni B; magistraturaga 6,0, yaʼni B+) boʻlishi kerak. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun taxminiy baholar kamida 80% boʻlishi talab qilinadi.
  • Talabgor sogʻlom boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻqish muddati tugagandan keyin oʻz yurtiga qaytib ketishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.

Grantga hujjat topshirish uchun avval Messi universitetining College of Humanities and Social Sciences kurslariga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avval qidiruv sahifasidan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Roʻyxatdan kerakli ursini tanlang.
  • Kurs sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan.
  • Sahifaning oʻng tarafidagi “APPLY NOW!” yozuvini bosing.
  • Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Tanlangan sahifada ariza shakli chiqadi. Uni toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Arizani hamma qismlarini toʻldirib, international@massey.ac.nz  pochtaga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Academic entry requirements by country/region sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni  International teamga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilish kamida IELTS 5,0-6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus matematika sertifikati NCEA 3-daraja/CIE yoki ekvivalent talab qilinadi.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Nomzodlar aʼlo baholari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +64 6 350 5701

Faks: +64 6 350 5618

Onlayn bogʻlanish uchun: Information request form

Internet chat: chat.massey.ac.nz

Elektron pochta: contact@massey.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!