×

Yangi Zelandiya: Bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1374 marta

Yangi Zelandiyaning shimolida joylashgan Massey University 2020-yilgi College of Humanities and Social Sciences International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Massey universitetining College of Humanities and Social Sciences maktabida oʻqishni istagan bakalavr va magistratura talabalariga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Bakalavr bosqichi talabalariga taxminan 20 000 NZD (taxminan 12 738 USD)
  • Magistratura talabalariga taxminan 10 000 NZD (taxminan 6 369 USD) pul ajratiladi.

Grant har 120 kredit uchun bir yilga 5 000 NZD, yaʼni taxminan 3 184 USD ajratadi. Narxlar valyuta kursiga koʻra oʻzgarishi mumkin. Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar arize bera oladi).
  • Universitetning bakalavr yoki magistratura kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod 12 yillik taʼlim hujjati (9 yillik maktab attestati va 3 yillik kollej/litsey diplomi) yoki bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • PhD bosqichida oʻqiydigan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi (GPA bakalavr uchun 5,0, yaʼni B; magistraturaga 6,0, yaʼni B+) boʻlishi kerak. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun taxminiy baholar kamida 80% boʻlishi talab qilinadi.
  • Talabgor sogʻlom boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻqish muddati tugagandan keyin oʻz yurtiga qaytib ketishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Grantga hujjat topshirish uchun avval Messi universitetining College of Humanities and Social Sciences bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Shu yerda sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni  International teamga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Avval qidiruv sahifasidan College of Humanities and Social Sciencesda oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Roʻyxatdan kerakli kursini tanlang.
  • Sahifaning oʻng tarafidagi “APPLY NOW!” yozuvini bosing.
  • Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Tanlangan sahifada ariza shakli chiqadi. Uni toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Grantga ariza berish. Ariza shaklini yuklab olib hamma qismlarini toʻldirib, quyidagi international@massey.ac.nz  manziliga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Arizalar.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilish kamida IELTS 5,0-6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus matematika sertifikati NCEA 3-daraja/CIE yoki ekvivalent talab qilinadi.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Nomzodlar aʼlo baholari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +64 6 350 5701

Faks: +64 6 350 5618

Elektron pochta: contact@massey.ac.nz; international@massey.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!