Yangi Zelandiyaning Vellington shahrida joylashgan Victoria University of Wellington bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalardan Victoria Tongarewa Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.
Ushbu stipendiya dasturi universitetning kunduzgi kurslarida oʻqiyotgan 10 nafargacha bakalavr va 9 nafargacha magistratura yoki doktorantura (postgraduate degree) talabalariga beriladi. Stipendiya oʻqish pulini qisman qoplaydi. Grant bir yilga ajratilishi moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr, magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Kontrakt toʻlovi chet ellik talabaga 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 16 763 dan 24 784 AQSH dollarigacha. Taxminiy kontrakt narxlari bilan: SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- 10 nafar bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichi talabalariga 10 ming Yangi Zelandiya dollari (taxminan 6 812 AQSH dollari)
- 9 nafargacha magistratura va doktorantura talabalariga 5 ming Yangi Zelansiya dollari (taxminan 3 406 AQSH dollari) pul ajratiladi.
- Grant yutib olgan talabalarga universitetdan bepul turar joy ajratiladi. Buning uchun Talabalarni joylashtirish xizmatiga 1-oktyabrgacha ariza bilan murojaat qilish kerak.
Grant faqatgina bir yilga beriladi. Grant keyingi yilga uzaytirilmaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi).
- Universitetning bakalavr yoki magistratura/doktorantura kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod 12 yillik taʼlim hujjati (9 yillik maktab attestati va 3 yillik kollej/litsey diplomi) yoki bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod avval Yangi Zelandiyada oʻqimagan boʻlishi, yaʼni, oʻrta va oʻrta-maxsus, oliy maʼlumotni boshqa davlatda oʻqigan boʻlishi kerak.
- Nomzod universitetning kunduzgi boʻlimiga kontrakt asosida oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod bu grant dasturi bilan bir vaqtda boshqa dasturga ham ariza bera oladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu grantga hujjatlar har har yili 31-may va 31-oktabrgacha (yiliga 2 raund) qabul qilinadi. Joriy yilda grantga 2019-yilning 31-mayi va 31-oktabrigacha qabul qilinadi.
Grantga hujjat topshirish uchun avval Viktoriya universitetining bakalavr, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.
Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Masalan, Bachelor of Biomedical Science – BBmedSc kursiga ariza toʻldirish jarayonida quyidagi amallar bajarilishi kerak:
- Avval qidiruv sahifasidan bakalavr bosqichida oʻqitiladigan kurslarni topamiz.
- Roʻyxatdan “Bachelor of Biomedical Science – BBmedSc” kursini tanlaymiz.
- “Bachelor of Biomedical Science – BBmedSc” kursi sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan.
- “Overview” boʻlimida kurs toʻgʻrisida umumiy maʼlumot berilgan. Batafsil tanishib chiqamiz. Kursga hujjat topshirish uchun dedlayn aynan shu yerda koʻrsatilgan: 2-trimestr uchun dedlayn 1-maygacha.
- “Requirements” boʻlimida oʻqish talablari berilgan. Kursda qanday fanlar oʻtilishi, necha kredit yigʻish kerakligi va hokazolar.
- “Applying” boʻlimida esa qanday qilib va qaysi hujjatlarni topshirish kerakligi koʻrsatilgan. Ingliz tili talablari berilgan: bu kurs uchun IELTS kamida 6.0 boʻlishi kerak.
- Sahifaning oʻng tarafidagi “Apply now” yozuvini bosamiz.
- Tanlangan sahifada jarayon ketma-ketligi, hujjatlar roʻyxati va ariza shakli chiqadi. Uni toʻldiramiz va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
Grantga ariza berish. Ariza onlayn shaklda toʻldiriladi va soʻralgan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Entry requirements sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan. Oʻzbekistonlik talaba quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- Arizani onlayn shaklda toʻldiriladi.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi.
- Pasport nusxasi.
- Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kurs va bosqichga qarab ingliz tili darajasi farq qiladi. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilish kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi. Yoki roʻyxatda koʻrsatilgan TOEFL/Pearson Test of English/EPP sertifikatlaridan birining kamida IELTS 6,0 ga ekvivalent boʻlganini topshirish kerak.
- Chet ellik talabalardan qoʻshimcha hujjatlar va sertifikatlar talab qilinadi. Masalan, tanlagan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin. Bu kabi savollar tugʻilganda kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil boʻyicha masʼul shaxsga bogʻlanib, aniqlash kerak boʻladi.
Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan yoki umumiy application process boʻlimidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.
Ayni vaqtda 2-trimestr uchun oʻqishga hujjat topshira olasiz. Hujjat topshirish dedlayni 17-iyun. Grant dedlayni esa 31-oktyabr.
Nomzodlar aʼlo baholari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Bogʻlanish uchun: The Scholarships Office, Victoria University of Wellington
Manzil: PO Box 600 Wellington 6140 New Zealand
Telefon: +64 4 463 5557
Onlayn bogʻlanish uchun: Information request form
Elektron pochta: scholarships-office@vuw.ac.nz