×

Yangi Zelandiya: Doktorantura uchun qisman grant va 17 641 AQSH dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1115 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury 2020-yil uchun University of Canterbury William and Ina Cartwright funding for International Students dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti doktorantura kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant uch yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodning mahalliy talaba toʻlaydigan hajmdagi kontrakti qoplanadi va 3 yilgacha har yilga 26 000 NZD (taxminan 17 641 USD) stipendiya beriladi.

Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod oʻqiyotgan kursida 3,0 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod butiun oʻqish davomida 360 kredit yigʻishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Oʻqishga ariza berish 10-dekabrgacha, grantga esa hujjatlarni 2019-yil 15-oktabrga qadar topshirish lozim.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Avval shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Shu yerda chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Shu yerdan kirish talablarini tekshirib oling.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Uni toʻldirng va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Grantga arizaning hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • CV/resume.
  • Letter of motivation.
  • Statement of purpose.
  • Letter of recommendation.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Nomzodlar hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi, tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi kabi mezonlar asosida saralanadi.

Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: enrol@canterbury.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!