×

Yangi Zelandiya: Muhandislik boʻyicha magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1562 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury Mechanical Engineering boʻyicha magistraturada oʻqishni istagan talabalardan 2020-21-yilga Arup Fire Engineering Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti Fire Engineering sohasi boʻyicha MEFE va MEngSt (Fire) magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant bir yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Magistratura kursida oʻqish haqi bir yilga 42 000-44 000 NZD (taxminan 27 746 – 29 067 USD).

Grant yutib olgan nomzodga 1 yilga 4 000 NZD (taxminan 2 642 USD) stipendiya beriladi.

Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod Fire Engineering sohasi boʻyicha MEFE yoki MEngSt magistratura kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod oʻqiyotgan kursida 1,0 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod kamida 120 kredit yigʻish kerak boʻlgan kurslardan birida oʻqiyotgan boʻlishi shart.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning Fire Engineering sohasi boʻyicha MEFE yoki MEngSt magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Oʻqishga ariza berish 10-dekabrgacha, grantga esa hujjatlarni 2020-yil 30-noyabrga qadar topshirish lozim.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avval shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Shu yerda esa chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Shu yerda ariza toʻldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Grantga ariza berish. Arizani hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Research proposal.
  • CV/resume.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Grantga ariza topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari;
  • tadqiqotchilik salohiyati;
  • liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi;
  • tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi;
  • ijtimoiy faolligi.

Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!