×

Yangi Zelandiya: Tijorat boʻyicha magistratura uchun 10 356 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1701 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury Commerce boʻyicha magistraturada oʻqishni istagan talabalardan Guardian Trust Master’s Scholarship in Commerce dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti tarkibidagi College of Business and Lawda Commerce (tijorat) sohasi boʻyicha magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant ikki yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Magistratura kurslarida oʻqish haqi bir yilga 42 000-44 000 NZD (taxminan 26 360– 27 616).

Grant yutib olgan nomzodga 1 yilga 16 500 NZD (taxminan 10 356 USD) stipendiya beriladi.

Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Kontraktning qolgan qismi va yashash xarajatlarini talaba oʻzi toʻlashi kerak.

Ma’lumotlar valyuta kursuga qarab oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod College of Business and Lawning Commerce sohasi boʻyicha magistratura kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod oʻqiyotgan kursida 1,0 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod kamida 120 kredit yigʻish kerak boʻlgan kurslardan birida oʻqiyotgan boʻlishi shart.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning Mechancial Engineering (mashina muhandisligi/mexanik injiner) sohasi boʻyicha ME (magistratura) kursiga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Oʻqishga ariza berish 10-dekabrgacha, grantga esa hujjatlarni 2020-yil 15-oktabrga qadar topshirish lozim.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Avval shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
  • Shu yerda chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Uni toʻldirng va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza berish. Grantga arizaning hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnating. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi.
  • Diplom ilovasi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Research proposal.
  • Tavsiyanoma.
  • Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Grantga ariza topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlar hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi, tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi kabi mezonlar asosida saralanadi.

Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!