×

Yaponiya hukumati va Jahon bankining qo’shma stipendiyalar dasturi


Grant

MUHLAT

25.01.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Har qanday davlat

O'QILGAN

2193 marta

Yaponiya va Jahon Banki guruhi bir qancha hamkor universitetlarda o’qish uchun arizalarni qabul qilmoqda. Dastur davomida magistr va doktorantlar o’qish muddati tugagach o’z yurtlariga qaytish shartti bilan to’liq bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Loyihaning ingliz tilidagi nomi: The  Joint Japan World Bank  Graduate Scholarship Program (JJ/WBGSP)

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o'qishni xohlovchi rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Universitet joylashgan mamlakatdan o’z yurtingizga qadar samaliyot chiptasi narxini va har bir safar uchun qo’shimcha 500 AQSh dollari beriladi;
  • Universitetda o’qish uchun shartnoma puli to’liq qoplanadi;
  • Oylik stipendiya (Stipendiya miqdori mamlakatga qarab o’zgaradi)

Talablar:

Ariza topshiruvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Jahon bankiga a’zo mamlakatning fuqarosi bo’lishi;
  • Rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo’lishi va ikki fuqarolikka ega bo’lmasligi;
  • Ariza topshirish yakunlanadigan sanaga qadar 45 yoshga to’lmagan bo’lishi
  • Jahon bankida ishlamasligi, Jahon bankida ishlashdigan yaqin qarindoshlari bo’lmasligi;
  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Bakalavr darajasini olgandan so’ng, 3 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan;
  • Grantning barcha shartlariga rozi bo’lishi;
  • Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etiladigan boshqa grantlarda qatnashmayotgan bo’lishi;

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirishdan oldin dastur uchun ro’yxatdan o’tib, onlayn tarzda ariza to’ldirish kerak. Arizani bir vaqtning o’zida to’ldirish lozim, ya’ni keyinchalik o’zgartirishlar kirgizish uchun saqlab qo’yishga imkon yo’q.

Ariza topshirishdan avval grant talablari bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!