Yaponiyaning JAUW (Japanese Association of University Women) xalqaro tadqiqot qo’mitasi 2019-yilgi stipendiyali dastur uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturning maqsadi – xotin-qizlarini tadqiqot olib borishda iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Yapniyada tadqiqot olib borish muddati 4 oydan 6 oygacha bo’ladi va stipendiyani qo’lga kiritganlar 2019-yilining oktabri va 2020-yilning marti oralig’ida Yaponiyaga borishi hamda tadqiqot o’tkaza olishi kerak.
Qabul qilinadigan tadqiqotchilar soni: 2 ta.
Grant kimlar uchun?
45 yoshdan oshmagan xotin-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturni qo’lga kiritgan tadqiqotchilar 500 ming yoki 1 million yen (taxminan 4520 AQSh dollar yoki 9040 AQSh dollari) bilan ta’minlamadi. Bu summa tadqiqotchining Yapnoyaga kelish va ketishi hamda Yaponiyada hayot kechirishi uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun yo’naltiriladi.
Talablar:
- Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi lozim.
- 45 yoshdan oshmagan ayol kishi bo’lishi lozim (erkaklar topshira olmaydi).
- Ariza topshirayotgan paytda Yaponiyada yashayotgan/o’qiyotgan bo’lmasligi lozim.
- Dasturga ariza topshirishdan oldin nomzod tadqiqot olib bormoqchi bo’lgan universiteti/instituini aniqlab olgan bo’lishi lozm. Bunda nomzodning o’zi universitet/institute izlashi, mosini topgach, uchbu OTM bilan aloqa o’rnatishi lozim bo’ladi. Universitet/institute topishda JAUW nomzodga yordam ko’rsatmaydi.
- Magistrlik yoki undan yuqoriy Ilmiy darajaga ega bo’lishi lozim.
- Nomzod arizani belgilangan qoidalarga mos ravoshda topshirishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini tadqiqot olib borish darajasida bilishi lozim.
Dasturning boshlanishi:
2018-09-01Dasturning tugashi:
2019-03-01Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu dasturga hujjatlar pochta orqali qog’oz shaklda topshiriladi. Kerakli hujjatlar quyidagilardan iborat:
- Ariza formasi 1-qism – Application Form Part 1. Ushbu formada tadqiqotchiga oid savollar mavjud bo’lib, forma 5 nusxada chiqarilishi kerak.
- Ariza formasi 2-qism – Application Form Part 2. Ushbu formada tadqiqot mavzusi/sohasiga oid savollar bo’lib, u 5 nusxada chiqarilishi kerak.
- 3 tavsiyanoma. Tavsiyanomalar tavsiya beruvchilar tomonidan imzolanadi, konvertga solinib, konvert og’zi yopishtirib qo’yildi.
- Nomzodning Yaponiyadagi ilmiy rahbari yoki tadqiqotchi vakili tomonidan berilgan Yaponiyada tadqiqot olib borishga qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotnoma (aletter of acceptance/confirmation/ invitation). Ushbu ma’lumotnoma uni beruvchi tomonidan qog’oz shaklida to’g’ridan-to’g’ri JAUW ga pochta orqali yuborilishi lozim. Nomzodga esa ma’lumotnomani beruvchi shxas tomonidan ma’lumotnomaning pdf shakli elektron tarzda yuborilishi kerak. Ushbu hujjat namunasini SHU YERDAN yuklab oling.
- Tibbiy ma’lumotnoma. Tibbiy ma’lumotnoma ingliz tilida bo’lishi va nomzodning ko’rsatilgan muddatda Yaponiyada tadqiqot olib borishi uchun sog’lom ekanligi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi.
- 3.5×4.5 o’lchamli surat. Bu surat Ariza formasi 1-qismning 1-sahifasiga yopishtiriladi.
Muhim: Barcha hujjatlar ingliz tilida, kompyuterda harf terish orqali yozilishi va keyin printerdan chiqarib olinishi kerak.
Tayyor hujjatlar to’plami quyidagi manzilga pochta orqali 2019-yilning 31-martiga qadar yetkazilishi lozim:
International Fellowship Committee
Japanese Association of University Women
11-6-101 Samoncho, Shinjuku-ku,
Tokyo 160-0017,
JAPAN
Eelektorn pochta orqali hujjatlar qabul qilinmaydi.
Kerakli hujjatlar va hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil SHU YERDA tanishing.
Grant e'lon qilgan tashkilot:
Japanese Association of University WomenDastur g’oliblari 2019-yilning iyun oyi o’rtalarida e’lon qilinadi.