Yaponiyada joylashgan Tsukuba universiteti magistratura bosqichining Program in Economic and Public Policy (PEPP) yoʻnalishi uchun Asian Development Bank-Japan Scholarship Program (ADB-JSP) grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga oʻqish kontraktini toʻliq qoplab berish bilan bir qatorda quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi:
- Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi
- Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻlab beriladi
- Yapon tili kursi xarajatlari qoplanadi
- Oʻquv amaliyoti hamda ta’lim safarlari xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Program in Economic and Public Policy ga qabul qilingan va ADBga a’zo davlat fuqarosi boʻlishi lozim.
- Nomzod bakalavr darajasiga boʻlishi lozim.
- Nomzoddan bakalavr darajasini qoʻlga kiritgandan keyingi 2 yillik ish tajribasi talab etiladi.
- Nomzod Ingliz tilida yozma va ogʻzaki ravon nutqqa ega boʻlishi zarur.
- Nomzod 35 yoshdan kichik boʻlishi lozim (ayrim holatlarda 45 yosh)
- Nomzod sogʻlomligi toʻgʻrisida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.
- Nomzod PEPP yoʻnalishini tamomlagandan soʻng ona yurtiga qaytishi lozim.
- Nomzod Asian Development Bank boshqaruv a’zolarining qarindoshi yoki u yerda ish boʻlmasligi lozim.
- Oʻz mamlakatidan tashqarida ishlayotganlar ushbu grantga nomzod boʻlolmaydilar.
- Ushbu grant dasturi bakalavr, qisqa kurslar, online ta’lim uchun moʻjallanmagan.
- Nomzod magistratura bosqichi uchun birinchi marta roʻyhatdan oʻtayotgan boʻlishi lozim.
- Nomzod PEPP yoʻnalishiga qabul uchun IELTS / TOEFL / TOEIC kabi standartlashtirilgan test sinovlari natijalarini topshirishi lozim.
- Nomzod PEPP yoʻnalishiga qabul uchun GRE standartlashtirilgan test sinovi natijasini taqdim etishi lozim.
ADB-JSP grant dasturi haqida toʻliq ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2021-yil 5-fevralga qadar qabul qilinadi. ADB-JSP grant dasturlariga roʻyxatdan oʻtish uchun online ariza toʻldirib jonatish lozim. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida qiyinchiliklar boʻlmasligi uchun Ariza yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Hujjat topshirish jarayoni haqida koʻp beriladigan savollar bilan shu yerda tanishib chiqshingiz mumkin.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun peppapp@un.tsukuba.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.