Yaponiyaning Japan Science and Technology Agency (JST) va Uzbekistan Japan Center nomzodlardan SAKURA Exchange Program in Science dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Almashuv dasturi a’lochi, salohiyatli yosh talabalarni yapon san’ati va texnikasi (S&T) yutuqlari bilan tanishtirish, yapon universitetlari talabalari bilan fikr almashish maqsadida tashkil etilgan. Dasturda Markaziy Osiyo davlatlaridan 10 nafar nomzod ishtirok etishi rejalashtirilgan, shulardan ikki nafari Oʻzbekistondan olinadi.. Almashuv dasturida 2019-yil 22-iyuldan 27-iyulgacha 6 kun davomida bo`lib o`tadi. Trening “Utilization of AI (Artificial Intelligence) in the medical field” mavzusi bo`yicha ingliz tilida olib boriladi. Nomzodlarning hujjatlari O`zbekistondagi The Uzbekistan-Japan Centerda qabul qilinadi.
Dastur rejasi quyidagicha:
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichining 3 yoki 4-kursida yoki postgraduate bosqichida IT boʻyicha oʻqiyotgan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok erish imkoniyatini qo`lga kiritgan nomzodlarga 2019-yil 22-iyuldan 27-iyulgacha 6 kun davomida Yaponiyaga borish-kelish, u yerda yashash va oziq ovqat xarajatlari qoplab beriladi. Bundan boshqa xarajatlar qoplanmaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod O`zbekistonRespublikasi fuqarosi bo`lishi kerak.
- Ayni vaqtda nomzod universitet/institutda bakalavr bosqichining 3 yoki 4-kursida, yoki postgraduate bosqichida o`qiyotgan bo`lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursda qatnashish uchun IELTS kamida 5.0, TOEFL(iBT/CBT) kamida 68/190 bo`lishi talab qilinadi.
- Nomzod dasturlash bo`yicha yuqori bilimga ega bo`lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga ariza berish. Topshiriladigan hujjatlarning barchasi ingliz tilida to`ldiriladi. Hujjatlar 2019-yil 1-mayga qadar O`zbekistondagi The Uzbekistan-Japan Center tomonidan faqatgina Infomail@ujc.uzelektron manili orqali qabul qilinadi. Savollar tug`ilganda va qo`shimcha ma’lumot kerak bo`lganda Infomail@ujc.uz manziliga murojaat qiling.
Hujjatlar tarkibi:
- Curriculum Vitae
- Pasport nusxasi.
- Motivatsion xat. Xatda qatnashish sabablari, o`qish maqsadi va kelajakdagi rejalar yoziladi. Xatning hajmi A4 formatda bir betdan oshmasligi kerak.
- Ingliz tili sertifikati. Kursda qatnashish uchun IELTS kamida 5.0, TOEFL(iBT/CBT) kamida 68/190 bo`lishi talab qilinadi.
Dastur haqida ma’lumot: SHU YERDA berilgan.
Nomzodlar almashuv dasturiga motivatsiyasi, til bilishi, sohaga oid bilimlari, kelajakdagi rejalari kabilarga asosan saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin tez fursatda xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: Infomail@ujc.uz