×

Yaponiya: Socially Engaged Art 2020; mukofot – 47 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

27.10.2019

QOLGAN VAQT

40 kun

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

488 marta

Yaponiyaning Kawamura Arts and Cultural Foundation jamgʻarmasi barcha zamonaviy san’at sohasi vakillarini 2020-yilgi FY2020 Socially Engaged Art Support Grant dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu grant Yaponiyada tashkillashtirilayotgan dasturlardan biridir. Loyihaning maqsadi Socially Engaged Art (SEA)ni targʻib qilish. SEA hali toʻliq ommalashib, rivojlangani yoʻq, shuning uchun grant tashkilotchilari SEA loyihalarini emas, oldin SEA’ni mashgʻulot sifatida targʻib qilishga yoʻnaltirilgan loyiha va mashgʻulotlarni ragʻbatlantirishga qaror qilishgan. Tanlovda barcha SEA targʻiboti vaunga aloqador loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin, saralash soʻnggida gʻolib deb topilgan loyiha esa 2020-2021 yillarda Yaponiyada amaliyotga tadbiq etiladi.

Grant kimlar uchun?

Zamonaviy san’at yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grant faqat bitta- gʻolib boʻlgan ishtirokchiga oʻz loyihasini Yaponiyada tajribada sinab koʻrish imkoniyatini beradi
  • Loyiha budjeti 5 000 000 JPY (taxminan 47 000 USD) ni tashkil etadi.
  • Grant 2020- yil 1-apreldan 2021 31-martgacha amal qiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan vakillar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Loyihada yakka va jamoa nomidan ishtirok etish mumkin.
  3. Dastur yoshidan qat’iy nazar barcha davlat fuqarolari uchun ochiq.
  4. Zamonaviy san’at yoʻnalishida faoliyat yuritadigan san’atkorlar yoki tashkilotlar ushbu grant dasturida ishtirok etishlari mumkin.
  5. Nomzodlar taklif qilayotgan loyihalar Yaponiyada amalga oshirilishga moʻljallangan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Dedlayn – 2019-yil 27-oktabr.

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlganlar hujjatlarni belgilangan muddatgacha onlayn tarzda ariza berish orqali taqdim etishlari zarur.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

Arizaga quyidagi hujjatlar lova qilinadi:

  • Xarajatlar roʻyxati.
  • Loyiha mazmuni.
  • Ilovalar (saralash jarayonida hakamlar xay’atiga loyihaning mazmunini ochib beruvchi hujjatlar: videolavhalar, ovozli materiallar, tarqatma materiallar, katalog, buklet va boshqalar).

Hujjatlarga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

  • Videolavhalarning uzunligi 5 daqiqadan oshmasligi zarur;
  • Barcha yozma shakldagi hujjatlar pdf formatida boʻlishi kerak;
  • Videolar mp4, ovozli hujjatlar mp3, hujjatlar pdf va arizalar doc formatida boʻlishi talab etildi.

Grant dasturiga har bir ishtirokchi/tashkilot bir yilda faqat bitta ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Ariza topshirish jarayoni toʻgʻrisida yoʻriqnomadan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: info@kacf.jp.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!