×

Yaponiya: Talabalar uchun yozgi maktab; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

4224 marta

Yaponiyada joylashgan Tokiyo Universitetining 2020-yilgi Global Japan Studies dasturi doirasida tashkillashtirilgan yozgi maktabga arizalar qabul qilinmoqda. Maktab II Jahon Urushidan keyingi yillardagi Yaponiyani oʻrganish, tahlil qilish va hozirgi kun vaziyatiga aloqadorligini tadqiq etishdan iborat. Maktab bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallagan. Yozgi maktabdan maqsad talabalarga “Buyuk Yapon Moʻjizasi” yillari haqidagi muhim ma’lumotlar bilan tanishish, yapon madaniyati, qarashlari va madaniy va iqtisodiy tarixini oʻrganish hamda yapon tili boʻyicha bilimlarini mustahkamlashga sharoit yaratish.

Dastur vaqtida talabalarga ixtiyoriy yapon tili kurslari ham taqdim etiladi. 2020-yilgi yapon madaniyati yozgi maktabi 6-16-iyul kunlari, ya’ni 10 kun davomida boʻlib oʻtadi. Maktabga 25 nafar talaba qabul qilinadi, ulardan 3-5 nafari Tokiyo Universiteti talabalari boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda qatnashish pulli. Kurs toʻlovi 280 000 yen (taxminan 2574 USD)ni tashkil qiladi. Toʻlov ichiga turar-joy, oziq-ovqat, sugʻurta, yozgi maktab mashgʻulotlari uchun xarajatlar va oʻquv materiallari kiradi.

Dastur uchun nomzodlarga JASSO granti berilishi mumkin. Avvalgi yilgi dasturda ushbu grant boʻyicha 5 nafar talabaga 150 000 yen (taxminan 1379 USD) dan mablag ajratilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi kerak
  2. Nomzod oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Yaponiya tarixi, davlati va madaniyatiga qiziqish bildirishi zarur.
  4. Nomzodning baholari 100 % dan kamida 76 % ni tashkil qilishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Dasturga qabul vaqtida til sertifikatlari talab qilinmaydi lekin til bilish nomzod uchun muhim hisoblanadi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi. Nomzod yapon tilini bilsa oʻzi uchun yanada qulay boʻladi, lekin dasturga qabul uchun bu majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 31-yanvar yoki 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

Yozgi maktabga hujjatlar onlayn tarzda shu yerda qabul qilinadi. Hozir qabul yopiq va u dekabr-yanvar oylarida ochiladi. Arizaga quyidagi hujjatlarni biriktirish va ariza APPLICATION TO GJS SUMMER PROGRAM sarlavhasi bilan gjs@ioc.u-tokyo.ac.jp elektron manziliga joʻnatish kerak:

  1. Nega bu dasturda ishtirok etishni xohlashingiz va nimalarni oʻrganishni umid qilayotganingiz haqida 3 sahifali insho.
  2. CV/resume.
  3. Baholar.
  4. Pasport nusxasi.
  5. Fotosurat.

Natijalar 2020-yil 2-mart (31-yanvarda ariza berganlar uchun) va 31-martda (29-fevralda hujjat topshirganlar uchun) e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki gjs@ioc.u-tokyo.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!