×

Yaponiya: to’liq grant va 1300 AQSh dollari miqdoridagi oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

05.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2362 marta

Yaponiyaning Tsukuba shahrida joylashgan Tsukuba universiteti magistrlik+PhD sohasida o’qishni xohlovchilar uchun stipendiyali dastur e’lon qiladi. Ushbu dastur nomzodlarga avval 1 yillik magistrlik bosqichini, so’ng 3 yillik PhD bosqichini o’qish uchun to’liq grant va oylik stippendiyaga asosida universitetida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

O’qish sohasi: Ushbu dastur «Japanese and Eurasian Studies (Yaponiya va Yevrosiyo tadqiqotlari)» yo’nalishiga topshiruvchilar uchun mo’ljallangan.

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan tadqiqotchilar soni: 5 ta.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRLIK+PHD BOSQICHIDA O'QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • 1 yillik magistrlik va 3 yillik PhD bosqichi kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • Magistrlik bosqichida 144 ming yen (hozirgi kursda taxminan 1277 AQSh dollari), PhD bosqichida 145 ming yen (hozirgi kursda taxminan 1293 AQSh dollar) miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Dastur boshida Yaponiyaga borish va dastur oxirida vatanga qaytishda xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod ushbu davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi lozim: O’zbekiston, Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’ziston, Ukraina, Belorussiya, Mongoliya, Ozarboyjon, Moldova, Armaniston, Gruziya.
  • Nomzod 1983-yil 2-apreldan keyin tug’ilgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi va jami 16 yillik ta’lim olgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (ingliz tili uchun minimumm talablar: TOEFL IBT 80, TOEFL CBT 230, TOEFL PBT 500, IELTS 6.0). Nomzod JLPT (Japanese Language Proficiency Test) topshirgan hamda N5 va undan yuqori natijani olgan bo’lsa, yana yaxshi. Lekin yapon tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (JLPT) majburiy emas (ingliz tili majburiy).
  • Nomzod 2018-yilning sentabr oyi oxirgi haftasigacha Yaponiyaga kela olishi kerak.
  • Oldin MEXT grantli dasturlaridan birini qo’lga kiritgan va uni yakunlaganiga 3 yil to’lmagan nomzodlar ushbu dasturga ariza topshira olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

1-bosqichda belgilangan ariza to’ldirilib, spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp elektron manziliga yuboriladi (2018-yil 5-yanvarigacha). Arizani SHU YERDAN yuklab oling.

2-bosqichda intervyu va imtihon bo’lib o’tadi. Bu bosqichda faqat 1-bosqichdan o’tganlar qatnasha oladi. Intervyu/imtihon nomzodning davlatida amalga oshiriladi. 2-bosqichga o’tgan nozmodlar barcha kerakli hujjatarni intervyu kuni olib kelishi kerak (bu hujjatlar ro’yxati pastda berilgan) yoki quyidagi manzilga yuborilishi lozim: Special Program in Japanese and Central Eurasian Studies Graduate School of Humanities and Social Sciences University of Tsukuba Tennodai 1-1-1, Tsukuba-shi, Ibaraki-ken JAPAN 305-8571 E-mail: spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp.

2-bosqichda topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati:

  1. 8 ta 3×4 surat.
  2. Tavsiyanoma – konvertga solingan holda.
  3. Bakalavrlik diplomi nusxasi va baholar ro’yxati – ingliz tilida.
  4. TOEFL, IELTS, GRE yoki boshqa hujjatlar originali. Ushbu hujjatlar olinganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
  5. Yapon yilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat – JLPT (ushbu hujjat majburiy emas).

SHU YERDA hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

University of Tsukuba

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

spca-info@ml.cc.tsukuba.ac.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!