×

Japanese Studies Students: Yapon tili va madaniyati boʻyicha Yaponiyada 1 yil oʻqish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.02.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

7528 marta

Yaponiyaning The Ministry of Education, Culture, Sports, Science, and Technology (MEXT) vazirligi yapon tili va madaniyati sohasidagi bakalavr kurslarida tahsil olayotgan talabalar uchun 2023-yilgi Japanese Studies Students granti uchun arizalar qabulini e’lon qildi. Dastur 1 yil davomida Yaponiyada yapon tili va madaniyatini, shuningdek, talabaning tanloviga qarab, boshqa sohalarni oʻrganish imkonini taqdim etadi.

Bu dasturga 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Bu dasturdagi oʻquv mashgʻulotlari yapon tilida olib boriladi va nomzodlardan yapon tilini mashgʻulotlarda ishtirok etish darajasida bilish talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan 30 yoshgacha talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 117 000 yen moqdorida (taxminan 900 AQSH dollari) oylik stipendiya.
  • Oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar (kontrakt summasi, kirish imtihoni va shu kabi boshqalar) toʻliq qoplanadi.
  • Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta.
  • Maxsus belgilangan hududlarda tahsil oluvchi talabalar uchun oyiga 2000-3000 yen qoʻshimcha stipendiya ham toʻlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Yaponiyadan boshqa davlat fuqarosi boʻlgan va oʻz davlati Yaponiya bilan diplomatik aloqalarga ega boʻlgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin (Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshira oladi).
  2. 18-30 yosh boʻlish kerak. Ya’ni dasturga ariza topshiruvchi nomzod 1993-yil 2-aprel va 2005-yil 1-aprel oraligʻida tugʻilgan boʻlishi kerak.
  3. Bakalavriatda tahsil olayotgan boʻlish lozim.
  4. Bakalavriatning birinchi va oxirgi kursida oʻqiyotganlar ariza topshira olmaydi (qolgan bosqichlarda oʻqiyotganlar topshira oladi).
  5. Nomzod Yapon tili va madaniyatiga yaqin sohada bakalavr kursida oʻqiyotgan bo’lishi kerak. Yapon tili va madaniyatiga aloqador boʻlmagan sohalarda oʻqiyotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  6. 2023-yil 1-sentabr holatiga koʻra, kamida 1 yil davomida universitetda yapon tili, yapon madaniyati va/yoki shunga oid sohalarni oʻrgangan boʻlishi kerak.
  7. Yapon tilini dastur mashgʻulotlarida ishtirok etish/oʻqish darajasida bilish lozim.
  8. Nomzod jismonan va ruhan sogʻlom boʻlishi zarur.
  9. Nomzod 2023-yilning sentyabr yoki oktyabr oyida, kurs boshlanishidan 2 hafta oldin Yaponiyada boʻlishi kerak. Shaxsiy masalalar boʻyicha koʻrsatilgan muddatdan avval borganlarga haq toʻlanmaydi.
  10. Nomzod grant dasturi davomida “Student” Yaponiya vizasini oladi va vaqtinchalik Yaponiya rezidenti statusida boʻladi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan toʻliq tanishish uchun quyidagi qoʻllanma(lar)ga kiring:

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Oʻzbekistonlik nomzodlar kerakli hujjatlarni Toshketndagi Yaponiya elchixonasiga topshirishi lozim.

Topshiriladigan hujjatlar roʻyxati:

  1. Ariza (Application Form).
  2. Institutlarni tanlash (Placement Preference Form).
  3. Baholari koʻrsatilgan reyting daftarchasidan koʻchirma. Yapon tili va madaniyatiga tegishli fanlar “*” bilan belgilanadi. Hujjat OTM muhri va rahbar shaxs imzosi bilan topshiriladi.
  4. Kamida bir yil yapon tilini va madaniyatini oʻrganganlik haqidagi hujjat. Bu hujjat 3-bandda ko’rsatilgan hujjat bo’lmasa, o’rniga taqdim etiladi.
  5. Yapon tili testi sertifikati (masalan, JLPT). Bu hujjatni topshirish majburiy emas, faqat borlar topshiradi.
  6. Talabaning oʻqish joyidan talaba ekanlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
  7. Ilmiy rahbar, dekan yoki ustozdan tavsiyanoma.
  8. Tibbiy ma’lumotnoma.

Ushbu hujjatlar/shakllarni BU YERDA yuklab olishingi mumkin (日本語・日本文化研修留学生).

MUHIM: Bu hujjatlar, ularning taʼrifi, qanday topshirilishi haqida maxsus qoʻllanma orqali batafsil tanishib chiqing:

YODDA TUTING: Yuqoridagi qoʻllanmalardan faqat ingliz va yapon tilidagisini toʻliq shaklda keltirilgan. Oʻzbek va rus tilidagi qoʻllanmada faqat hujjatlarga oid batafsil maʼlumot bor va hujjatlar, ularning taʼrifi va ularni qanday tayyorlash haqida shu tillarda oʻqing. Hujjatlardan boshqa maʼlumotlar bilan toʻliq tanishish uchun ingliz yoki yapon tilidagi qoʻllanmani oʻqib chiqing.

Topshirilgan arizalarning natijalari 2023-yil 8-fevralda eʼlon qilinadi. Natijani bilish uchun nomzodlarning oʻzi Toshkentdagi Yaponiya elchixonasiga telefon qilishi kerak.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar 2023-yil 19-fevralda yapon tili boʻyicha yozma imtihon topshiradi. Imtihon oʻtkaziladigan joy va vaqt eʼlon qilinadi.

Murojaat

Oʻquv dasturlari, soʻrovnomalarni toʻldirish va dastur bilan bogʻliq savollar tugʻilganda, Elchixonaga qatʼiy soat 09:00 dan 13:00 gacha hamda 14:30 dan 18:00 gacha, Madaniyat va axborot boʻlimiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998-78-120 80 76
+998-78-120 80 60
+998-78-120 80 61
+998-78-120 80 62

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!