Yerevan Economic School (YES) tomonidan dunyo boʻylab barcha iqtisod yoʻnalishidagi talaba va yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini oshirish maqsadida YES Summer School yozgi maktabi tashkil etilmoqda. Ushbu dastur 2024-yil 8-12-iyul kunlari Armanistonning Dilijan oʻquv va ilmiy-tadqiqot markazida boʻlib oʻtadi.
Yozgi maktabda bir nechta qisqa muddatli kurslar, tadqiqot seminarlari va tadbirlar tashkil qilinadi, unda ishtirokchilar oʻz ishlarini taniqli professorlar bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Iqtisodiyot yoʻnalishidagi magistratura va doktorantura talabalari, tadqiqotchi hamda yosh mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- Yozgi maktabda bepul ishtirok etadi.
- Bepul turar joy hamda oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
- Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
- Cheklangan miqdorda Armanistonga safar xarajatlari ham qoplanishi mumkin.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturda iqtisodiyot yoʻnalishidagi barcha magistratura va doktorantura talabalari, tadqiqotchi hamda yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
- Ingliz tilini yetarlicha bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar qadar BU YERDAGI ariza shaklini yuklab olishlari, uni toʻldirib 2024-yil 31-maygacha yes.summerschool2024@gmail.com email manziliga yuborishlari kerak.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2024-yil 7-iyunga qadar xabardor qilinadi.
ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.