×

Yosh jurnalistlar uchun Germaniyada amaliyot o’tash imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.04.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1348 marta

Umumiy ma’lumot:

«Xalqaro Jurnalistlar Dasturlari» tashkiloti sobiq Sovet Ittifoqi hududidan bo’lgan yosh jurnalistlar uchun «Grafinya Marion Dyonhoff» nomli stipendiya dasturini taklif etadi. Dastur Germaniyada ikki nemis jurnalistlari bilan ikki oy birga malaka oshirishni ko’zda tutib, jurnalistlarga Germaniya siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va ijtimoiy hayoti bilan tanishish va xorijiy axborot agentliklarida tajriba orttirish imkonini beradi.

Dastur 2015-yilning oktabr oyida boshlanadi. Ishtirokchilar Germaniyadagi xorijiy axborot agentliklarda amaliyot o’taydi hamda o’z davlatlaridagi axborot agentliklariga xorijiy muxbir sifatida xizmat ko’rsatadi. Dastur nemis tilida olib boriladi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlardan bo’lgan jurnalistlar dasturda ishtirok etishi mumkin. Arizalar faqat 23 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan jurnalistlardan qabul qilinadi. Arizachilar to’liq stavkali ishda  ishlayotgan yoki erkin jurnalist sifatida faoliyat yuritayotgan bo’lishi kerak. Arizachilardan nemis tilini bilish talab qilinadi.

Grant miqdori:

Dastur ishtirokchilariga 3800 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Ushbu stipendiya safar, tibbiy sug’urta va turar-joy va yashash xarajatlarini qoplaydi. Dastur ikki oy davom etadi.

Ariza topshirish tartibi:

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Rezyume (pasport uchun tushirilgan foto-surat bilan birga);
  • Dasturda qatnashishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa insho;
  • Tavsiyanoma (arizachi faoliyat yuritayotgan tahririyat bosh muharriri yoki boshqa tashkilot rahbaridan, erkin jurnalistlar esa asosiy ish joyidan tavsiyanoma olishlari lozim);
  • Chop etilgan yoki e’lon qilingan 3 ta ijodiy ish matni (nemis tiliga tarjima qilish shart emas). Matn nusxalarida nashriyot yoki OAV logotipi va sana bo’lishi kerak. Tele va audiomateriallardan olingan matn OAV muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Video va audio shakldagi materiallar qabul qilinmaydi;
  • Nemis tilini bilishi haqida sertifikat (Nemis tilini o’rganganligi to’g’risida guvohnoma, test natijasi va hokazo);
  • Amaliyotni qayerda o’tash bo’yicha xohishingizni ham ko’rsatishingiz kerak.

Ariza va hujjatlar pochta orqali quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Deutsch-Osteuropäisches Programm
IJP e.V.
Postfach 310746
10637 Berlin

Savollaringiz bo’lsa, dastur rahbari Miodrag Sorichga soric@ijp.org manzili orqali bog’lanishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!