OSCE akademiyasi Qozoq-nemis universiteti (DKU) bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini strategik boshqarish boʻyicha magistraturada oʻqimoqchi boʻlgan yosh ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun toʻliq moliyalashtirilgan OSCE Scholarship Programme for Young Women in Renewable Energy stipendiya dasturining ikkinchi mavsumini eʼlon qildi.
Ushbu dastur ishtiorkchilarga qayta tiklanuvchi energiya obyektlarini yaratish va boshqarish, toza energiya texnologiyalari, shu jumladan, energiya tejash va samaradorlikni oshirish boʻyicha tajriba orttirishlariga yordam beradi.
Dastur Germaniya universitetlari va DKU professorlari, shuningdek, biznes vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, Germaniyaning ushbu sohadagi tajribasini Markaziy Osiyo mintaqasida ham qoʻllash maqsad qilingan, chunki mintaqa mamlakatlarida qayta tiklanuvchi energiyani boshqarish sohasida ixtisoslashtirilgan magistratura dasturlari hali mavjud emas. Maʼruzalar Germaniyaning yetakchi universitetlari professorlari tomonidan olib boriladi, Qozogʻiston energetika sohasidagi yetakchi kompaniyalardan oʻqituvchilar taklif etiladi.
Ushbu magistrlik dasturida oʻqitish ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini strategik boshqarish boʻyicha magistrlik dasturida oʻqimoqchi boʻlgan ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur uchun 7 nafar ayol-qizga grant ajratiladi va ular quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi.
- Oylik stipendiya beriladi.
- Qozogʻistonga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
- Viza xarajatlari qoplanadi (zarur boʻlsa).
Bundan tashqari, bu magistrlik dasturi uchun 10 ta USAID stipendiyasi mavjud boʻlib, oʻqish toʻlovi, turar joy, ovqatlanish va transport uchun barcha xarajatlarni qoplaydi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturga muhandislik va texnologiya, issiqlik energetikasi, elektroenergetika hamda boshqa muhandislik va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha bakalavrlar yoki magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshirishi oladi.
- Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari (jumladan, Oʻzbekiston) hamda Afgʻoniston va Moʻgʻulistonda yashil energiyani rivojlantirishni xohlaydigan qayta tiklanuvchi energiya kompaniyalari va davlat tashkilotlari xodimlari, qolaversa, iqtisod va boshqaruv kasblari vakillari ham ariza topshirishlari mumkin.
- Yosh mutaxassislar va talaba qizlarning ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilishi zarur. TOEFL 560, IELTS 6.0 darajalar qabul qilinadi (sertifikat majburiy emas).
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish uchun 2024-yil 1-iyulga qadar BU YERDA ariza shaklini toʻldirishingiz kerak. Shundan soʻng hujjatlarning skanerini 2024-yil 15-iyulgacha yigʻish va dastlabki tekshirish uchun renenergy@dku.kz manziliga yuborishingiz lozim.
Keyin esa DKU nomzodlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish tizimida roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtish uchun qoʻllanma BU YERDA.
Xorijiy fuqarolar (jumladan, Oʻzbekiston) suhbat kunigacha (2024-yil 3-avgustgacha) ingliz tilini bilishi va ingliz tilida mutaxassislik fanlari (Menejment, Biznesni tashkil etish) boʻyicha DKU test sinovlaridan oʻtishi kerak.
Keyingi bosqichda qabul komissiyasi bilan suhbatdan oʻtiladi. (2024-yil 4-7- avgust). Suhbat davomida fizika hamda insho/rezyumengiz boʻyicha savollarga javob berishingiz kerak boʻladi.
Ariza topshirish, kerakli hujjatlar va undan keyingi bosqichlar boʻyicha batafsil BU YERDAN maʼlumot olishingiz mumkin,
ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Qoʻshimcha murojaatlar uchun:
- Aleksey Kobzev, DKU Yashil energiya va iqlim oʻzgarishi laboratoriyasi rahbari: kobzev@dku.kz
- Saniya Axmetova, magistratura dasturi koordinatori, DKU: akhmetova@dku.kz
- Abylayxon Soltanayev, “Qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini strategik boshqarish” magistratura dasturi ilmiy koordinatori: soltanayev@dku.kz