Toshkentdagi AQSH elchixonasi va AQSHning Gʻarbiy Jorjiya universiteti hamkorlikda oʻzbek talabalar uchun yetakchilikni rivojlantirish dasturini (Youth Leadership Development Program) eʼlon qildi.
Ushbu dastur onlayn va oflayn mashgʻulotlardan iborat boʻlib, oflayn mashgʻulotlar 2023-yil 7-20-may kunlari Gʻarbi Jorjiya universitetida boʻlib oʻtadi. Onlayn mashgʻulotlar esa ushbu 2 haftalik oflayn mashgʻulotdan oldin va keyin oʻtkaziladi.
Dastur uchun jami 19 nafar bakalavriat talabasi qabul qilinadi.
Tanlangan talabalar siyosat va jamiyatdagi yetakchilar, inson huquqlari, xalqaro biznes va global yetakchilik sohasidagi ekspertlar ishtirokidagi seminarlarda qatnashadi hamda yetakchilik koʻnikmalarini oshiradi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatning 3- va 4-kurs talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan talabalar uchun ushbu dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- 19-22 yosh boʻlish kerak.
- Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish lozim.
- Ariza topshirish vaqtida 3- yoki 4-kurs talabasi boʻlish lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 69 talab etiladi. Til sertifikati yoʻq talabalar bepul TOEFL testini topshirishi va uning natijasini yuborishi mumkin (bunda kamida 69 ball toʻplash kerak). Testni BU YERDA topshirish mumkin.
- Yetakchilik potensiali yoki tajribasiga ega boʻlish kerak.
- Oʻz jamiyatiga xizmat qilishga qiziqish kerak.
- Universitetdagi professor-oʻqituvchi tomonidan talaba uchun tavsiyanoma taqdim etilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2023-yil 6-yanvar 12:00 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn shaklda BU YERDA toʻldirish mumkin.
Arizani toʻldirish va topshirish jarayonida quyidagi hujjatlarni ham taqdim etish/yozish talab etiladi:
- Taxminan 750 soʻzli insho (onlayn ariza shakli ichida yoziladi).
- Talabaning universitetidagi professor-oʻqituvchi tomonidan yozilgan tavsiyanoma. Bu tavsiyanomani oʻqituvchining oʻzi bevosita goabroad@westga.edu elektron pochta manziliga yuborishi lozim (2023-yil 6-yanvargacha).
- Universitetda olingan baholarning originali (qaysi tilda boʻlsa, oʻsha tilda). Agar baholar ingliz tilida boʻlmasa, original baholar bilan birga ularning ingliz tiliga qilingan tarjimasini ham yuborish lozim. Tarjimani talabaning oʻzi qilishi mumkin. Bu hujjat ham goabroad@westga.edu elektron pochta manziliga yuborishi lozim (2023-yil 6-yanvargacha).
- Pasport nusxasi. Pasportga talabaning oʻzi imzo qoʻygan boʻlishi kerak. Pasport nusxasi ham goabroad@westga.edu elektron pochta manziliga yuborishi lozim (2023-yil 6-yanvargacha).
- Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat. Kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 69 talab etiladi. Til sertifikati yoʻq talabalar bepul TOEFL testini topshirishi va uning natijasini yuborishi mumkin (bunda kamida 69 ball toʻplash kerak). Testni BU YERDA topshirish mumkin. Til sertifikati ham goabroad@westga.edu elektron pochta manziliga yuborishi lozim (2023-yil 6-yanvargacha).
- 5 daqiqalik video. Bunda talaba nega bu dastur uchun mos/ajoyib nomzod ekanini tushuntirishi va video davomida o’qish, quloqlik orqali eshitish kabi yordamlarsiz gapirishi kerak. Video ham goabroad@westga.edu elektron pochta manziliga yuborishi lozim (2023-yil 6-yanvargacha).
MUHIM: Hujjatlarni tayyorlash va ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy maʼlumot hamda onlayn ariza shakli bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin: goabroad@westga.edu.