×

Yozuvchilik va she’riyat bo’yicha magistratura kursini AQShda bepul o’qish uchun grant dasturi!


Grant

MUHLAT

22.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1711 marta

AQShda joylashgan Texas State University’da o’qitiladigan Master of Fine Arts in Creative Writing magistratura kursiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu kursda adabiyotning yozuvchilik va she’riyat yo’nalishlarida o’qish mumkin. Kurs 2 yil davom etadi, darslar esa turli mukofotlar bilan taqdirlangan tajribali yozuvchi va shoirlar tomonidan o’tiladi.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchi yoki shoirlik uchun magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AQSh universitetlaridagi MFA, ya’ni ijod va sanat yo’nalishlaridagi magistratura kurslari talabalari o’qitish ishlarida assistentlik qilish orqali o’qish to’lovidan ozod bo’lish va stipendiya olish imkoniga ega bo’ladilar. Texas davlat universiteti MFA in Creative Writing kursiga qabul qilingan talabalarning taxminan 90% qismi ham shu usulda to’liq grant bilan ta’minlanadi.

Bunda talaba bakalavr kursining 1-bosqich talabalariga ingliz tilidan dars o’tuvchi o’qituvchilarga assistentlik (yordamchilik) qilish va shu kabi o’qitish jarayonlarida yordamlashish majburiyatini olishlari kerak bo’ladi. Talabaning assistentlik ish soatlari bir haftada 20 soatdan oshmaydi. Asistentlik qilish orqali talaba o’qish to’lovidan ozod etiladi, yillik stipendiyaga ega bo’ladi va turar joy uchun ham mablag’ga ega bo’ladi. Bu kursga qabul qilingan barcha talabalar grantga ariza bergan yoki bermaganliklaridan qat’iy nazar o’qitish ishlarida faol ishtirok etishlari talab etiladi. Agar talaba assistentlik ishlarida ishtirok etishni xohlamasa, bu haqida mfinearts@txstate.edu elektron manziliga xabar yuborishi kerak.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. MFA in Creative Writing kursida ingliz tilida ijod qilish talab etiladi, buning uchun ingliz tili darajasida birorta muammo bo’lmasligi va til ijodga ta’sir qilmasligi juda muhim hisoblanadi. Undan tashqari, assistentlik faoliyati ingliz tili fanidan odatda ona tili ingliz tili bo’lgan talabalarga dars berish jarayonida ishtirok etishni talab qiladi, buning uchun ingliz tilini a’lo darajada bilish kerak bo’ladi. Til talablari haqida
  • MFA in Creative Writing kursiga qabul nomzodning ish namunalari asosida bo’ladi. Qabul uchun nomzod o’z ish namunalaridan jamlab, ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasini topshirishi kerak bo’ladi. Qabul uchun baholar va boshqalarning ahamiyati kam. Shuning uchun, nomzod sifatida yuqori sifatli va kuchli yozma ish namunalari tayyorlashga e’tibor bering. Agar ish namunangiz a’lo darajada bo’lsa, kursga qabul qilinish ehtimolingiz juda yuqori bo’ladi. Bunda nazm yo’nalishiga hujjat topshirayotganlar 12-15 ta she’r, nasr yo’nalishiga hujjat topshirayotganlar qissa, hikoya yoki kattaroq asarlaridan boblar taqdim etishlari kerak bo’ladi (bunda matnning umumiy hajmi 30 betdan oshmasligi kerak).

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzgi MFA in creative writing kursi va assistentlikka arizalar 2021-yil 22-yanvarga qadar topshirilishi kerak.

1-qadam. MFA in Creative Writing kursiga o’qishga ariza topshiring. Arizalar bu yerda to’ldiriladi.

2-qadam. Grantda o’qish imkoniyatiga ega bo’lish uchun assistentlikka ariza topshiring. Ariza topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar bu yerda ko’rsatilgan. Assistentlik yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Yanada batafsil ma’lumot bu yerda keltirilgan.

Ma’lumot uchun fc@txstate.edu elektron manzili orqali Dr. Flore Chevaillier bilan bog’lanishingiz mumkin. Dastur va grant haqida savollaringizga bu yerdan javob izlang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!