×

YXHT Bishkek Akadmemiyasi magistratura grantlarini e’lon qildi!


Grant

MUHLAT

31.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1390 marta

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning Bishkekdagi Akademiyasi siyosatshunoslik, xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, muammolarni bataraf etish, xalqaro taraqqiyot, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida magistratura dasturini taklif qiladi.

Grant kimlar uchun?

MARKAZIY OSIYO VA MONGOLIYA FUQAROLARI UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ta’limning barcha xarajtlari qoplanadi.

  • Oyiga 180 yevro stipendiya;
  • Turar-joy uchun qo’shimcha 120 yevro (Bishkekliklar bundan mustasno);
  • Safar xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta (Qirg’iziston fuqarolari bundan mustasno);
  • Agar farzandlari bo’lsa, jon boshiga oyiga 15 yevro stipendiya;
  • Yevropaning eng yaxshi universitetlarida stajirovka o’tash uchun grant.

Talablar:

Kim uchun:

  • Tegishli yo’nalishlarda oliygohni (bakalavr, magistratura) muvaffaqqiyatli tamomlagan;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan;
  • 2015-yil 1-sentabrgacha 32 yoshdan oshmagan;
  • O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston va Mongoliya fuqarosi bo’lgan shaxslar.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda YXHTning Bishkekdagi Akademiyasi vebsaytida to’ldiriladi.

  • Siyosatshunoslik va Xavfsizlik yo’nalishida magistratura uchun ariza SHU YERDA (Anketani to’ldirishdan avval ro’yxatdan o’tish kerak);
  • Iqtisodiy boshqaruv va Taraqqiyot yo’nalishida magistratura uchun ariza SHU YERDA (Anketani to’ldirishdan avval ro’yxatdan o’tish kerak);

Ariza topshirish muddati 2015-yil 31-mart.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!