×

Zhengzhou University President Scholarship: magistratura va doktorantura uchun to’liq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2047 marta

Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan Zhengzhou University (ZZU) navbatdagi  Zhengzhou University President Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi uch-toʻrt yilga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni tayyorlashdir. Nomzodlar universitetda mavjud istalgan magistrlik yoki doktorantura bosqichi kurslarini tanlashi mumkin. O’qish nomzodning tanlovig qarab ingliz yoki xitoy tilida olib boriladi.

Hujjat qabul qilish muhlati: Ushba grant bahorgi semestr uchun ham, kuzgi semestr uchun ham ajratiladi. 2019-yilda boshlanadigan bahorgi semestr uchun hujjatlar 2018-yilning 15-noyabridan 2019-yilning 15-yanvarigacha qabul qilinadi. 2019-yilda boshlanadigan kuzgi semestr uchun hujjatlar 2019-yilning 1-martidan 30-iyunigacha qabul qilinai.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Doktorantura (3-4 yil) uchun oʻqish puli toʻliq; magistratura (2-3 yil) uchun toʻliq yoki qisman qoplanadi.
  2. Doktorantlarga 3-4 yil davomida turar joy xarajatlari uchun oyiga 108 AQSh dollar miqdordagi mablagʻ beriladi.
  3. Doktorantlarga 3-4 yil muddatda yashash xarajatlari uchun oyiga 503 AQSh dollari stipendiya ajratiladi.

*Stipendiya dasturi roʻyxatdan oʻtish, tibbiy koʻrik, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari, uzoq muddatli viza va ovqatlanish xarajatlarini, magistrlar uchun yuqoridagilarga qoʻshimcha tarzda turar joy sarflari va oylik stipendiya berishni koʻzda tutmaydi. Batafsil: SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Xitoylik boʻlmagan, sogʻlom va sudlanmagan fuqarolar.
  2. Nomzod Xitoy Xalq Respublikasi va universitet qonun-qoidalariga amal qilishi.
  3. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori va bilimga chanqoq.
  4. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi; Doktorantura nomzodi esa 45 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.

Til bilish darajasiga qoʻyiladigan talablar:

  • Xitoy tilida oʻqitiladigan dasturlarga hujjat topshiruvchi nomzod New HSK Examination va HSK 5 darajasining kamida 210 ballik natijasiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS kamida 6.5 boʻlishi (yoki shunga mos keluvchi boshqa ingliz tili sertifikati) talab etiladi.

*Xitoyning Konfutsiy instituti stipendiyasi, Davlat stipendiyalari kabi stipendiyalar sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va mutaxassislik boʻyicha layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar bahorgi semestrga 2019-yil 15-yanvargacha, kuzgi semestr uchun 2019-yil 1-martdan 30-iyungacha qabul qilinadi. Nomzodlar ariza shaklini toʻldirishlari va quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak:

  1. Ilmiy daraja sertifikati (bakalavr/magistr diplomi) yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi. Agar bitiruvchi universitetni tamomlamagan boʻlsa, talabalikni tasdiqlovchi hujjat. Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
  2. Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Magistratura uchun 800 ta soʻzdan, doktorantlar uchun 2000 ta soʻzdan oshmagan hajmda ingliz yoki xitoy tilida yozilgan oʻquv rejasi.
  4. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar xitoy yoki ingliz tilida boʻlishi kerak.
  5. Sanʼat dasturlariga talabgorlar universitet talablariga muvofiq qoʻshimcha hujjatlar taqdim etadilar;
  6. Til sertifikati nusxasi.
  7. Jismoniy ekspertiza (tibbiy ma’lumotnoma) va qon tahlili maʼlumotnomasining notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
  8. Sudlanmaganlik haqidagi hujjatning notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
  9. Barcha hujjatlarni koʻrsatilgan muddatda tayyorlang. Soʻng “Chet ellik talabalar uchun ZZU universiteti onlayn-ilovasi”ga kirib onlayn ariza bering.

*Ushbu talablarni bajargan nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Stipendiat ZZUda koʻrsatilgan muddatda universitet shaharchasidan roʻyxatdan oʻtishi, viza rasmiylashtirishga hujjat topshirishi va jismoniy ekspertizadan oʻtishi lozim: BATAFSIL.

Stipendiat oʻqish yoʻnalishini oʻzgartirishi yoki boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirishi mumkin emas. Aks holda stipendiya bekor qilinadi. Shuningdek, universitet rahbariyati yilda bir marta stipendiatlarning yillik faoliyati tahlilini olib boradilar.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Universitet rahbariyati hujjatlarni koʻrib chiqib, natijalarni dedlayndan 4-6 hafta keyin eʼlon qiladi.

Hujjatlarni qabul qilish boʻlimi: ZZU Xalqaro qabul ofisida;

Manzil: No.100 Science Avenue, Zhengzhou, Henan, PR. China, 450001;

Tel: + 86-371-67780102;

Elektron pochta: zhaochun@zzu.edu.cn.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!