Brighton universitetining Xalqaro tadqiqot stipendiyasi Brighton universitetining Xalqaro tadqiqot stipendiyasi
Qayerda: Buyuk Britaniya, Brayton. Ariza topshirish muddati: 2017-yil, 30-iyun, soat 17:00 gacha. Kim uchun: Magistratura va doktarantura talabalari uchun. Brighton universiteti ikki nafar talabaga... Brighton universitetining Xalqaro tadqiqot stipendiyasi

Qayerda: Buyuk Britaniya, Brayton.
Ariza topshirish muddati: 2017-yil, 30-iyun, soat 17:00 gacha.

Kim uchun: Magistratura va doktarantura talabalari uchun.

Brighton universiteti ikki nafar talabaga tadqiqot dasturida oq’ishi uchun ta’lim pulini to’liq to’lab berish imkonini taqdim etadi (maksimal 3 yil muddatga). Ushbu stipendiyaga Brighton universitetining istalgan sohasida tadqiqot dasturida o’qish uchun hujjat topshirayotgan xorijlik talabalar qabul qilinadi.

Stipendiyaga hujjat topshirish uchun belgilangan kriteriyalar:

  • yuqori akademik o’zlashtirish (ingliz tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi);
  • ta’lim haqini to’la o’zi to’laydigan xorijiy talaba bo’lishi;
  • Brighton universitetining tadqiqotchi talaba (magistratura yoki doktorantura) bosqichiga qabul qilinishi.

Stipendiyani qo’lga kiritish uchun to’liq kunduzgi ta’lim oluvhi tadqiqotchi talaba sifatida universitetga yangi qabul qilingan bo’lishingiz hamda 2017-yil oktabrdan o’qishni boshlashingiz loizm.

Stipendiyaga ariza topshirish uchun kandidat brighton-doctoral-college@brighton.ac.uk email manziliga stipendiyani qo’lga kiritish istagi borligini va Brighton universitetiga o’qishga kirish uchun hujjat topshirganda beriluvchi ariza raqamini yozib yuborishi lozim. Stipendiya komissiyasi kandidatni barcha kriteriyalarga mos ekanligini ko’rib chiqqanidan so’ng, unga stipendiya uchun to’ldirilishi lozim bo’lgan hujjatlarni yuboradi.

Stipendiya yuzasidan barcha savollaringizni bevosida qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin (ingliz tilida). Komissiya bilan bog’lanish: brighton-doctoral-college@brighton.ac.uk.

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

Save

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.