Brighton universiteti ikki nafar talabaga tadqiqot dasturida oq’ishi uchun ta’lim pulini to’liq to’lab berish imkonini taqdim etadi (maksimal 3 yil muddatga). Ushbu stipendiyaga Brighton universitetining istalgan sohasida tadqiqot dasturida o’qish uchun hujjat topshirayotgan xorijlik talabalar qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Magistr yoki doktorlik darajasiga ega bo'lganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
Talablar:
- Nomzod yuqori akademik o’zlashtirish (ingliz tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi);
- Ta’lim haqini to’la o’zi to’laydigan xorijiy talaba bo’lishi;
- Brighton universitetining tadqiqotchi talaba (magistratura yoki doktorantura) bosqichiga qabul qilinishi.
Stipendiyani qo’lga kiritish uchun to’liq kunduzgi ta’lim oluvhi tadqiqotchi talaba sifatida universitetga yangi qabul qilingan bo’lishingiz hamda 2017-yil oktabrdan o’qishni boshlashingiz loizm.
Dasturga qabul jarayoni:
Stipendiyaga ariza topshirish uchun kandidat brighton-doctoral-college@brighton.ac.uk email manziliga stipendiyani qo’lga kiritish istagi borligini va Brighton universitetiga o’qishga kirish uchun hujjat topshirganda beriluvchi ariza raqamini yozib yuborishi lozim. Stipendiya komissiyasi kandidatni barcha kriteriyalarga mos ekanligini ko’rib chiqqanidan so’ng, unga stipendiya uchun to’ldirilishi lozim bo’lgan hujjatlarni yuboradi.
Stipendiya yuzasidan barcha savollaringizni bevosida qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin (ingliz tilida). Komissiya bilan bog’lanish: brighton-doctoral-college@brighton.ac.uk.