Chexiya Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik Instituti hozirgi va yangi O’rta Osiyo tarixini o’rganishga PhD (doktorantura) darajasi uchun grant Chexiya Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik Instituti hozirgi va yangi O’rta Osiyo tarixini o’rganishga PhD (doktorantura) darajasi uchun grant
Qayerda: Chexiya Ariza topshirish muhlati: 19-may, 2017-yil Kim uchun: Markaziy Osiyo davlatlari fuqorolari, Afg’oniston, Pokiston va G’arbiy Xitoy hududida yashovchilar Markaziy Osio tarixi, Markaziy... Chexiya Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik Instituti hozirgi va yangi O’rta Osiyo tarixini o’rganishga PhD (doktorantura) darajasi uchun grant

Qayerda: Chexiya

Ariza topshirish muhlati: 19-may, 2017-yil

Kim uchun: Markaziy Osiyo davlatlari fuqorolari, Afg’oniston, Pokiston va G’arbiy Xitoy hududida yashovchilar Markaziy Osio tarixi, Markaziy Osiyoni o’rganish, Islom dinini o’rganish, Antropologiya sohasiga qiziquvchi doktorantura darajasini olganlar uchun.

Grant miqdori:  Nomzodlar oyiga 1500-1600 Yevro, tibbiy va ijtimoiy sug’urta bilan ta’minlanadi. Soliqlar hisobga olinmagan. Nomzodlar qo’shimcha moliyaviy bonuslar bilan taqdirlanishi mumkin.

Grant turi:

–  Doktorantura uchun

Umumiy ma’lumot: Sharqshunoslik instituti 1922-yilda tashkil qilingan. Bu institut O’rta osiyo va Sharqiy yevropani o’rganadigan eng qadimiy universitetlardan biri.Institut vebsayti : www.orient.cas.cz

Universitetlar: Chexiya Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik Instituti

Hujjat topshirish tartibi: Nomzodlar rezyume, nashr qilingan maqolalarini topshirishi, 3-5 sahifali mo’ljallayotgan tadqiqot ishida nima uchun shu mavzuni tanlganligi haqida tushuntirish kerak bo’ladi. Ko’pi bilan 20 sahifalik nashr qilingan maqolalar (writing samples), 2 sahifada tadqiqot ishi haqida umumiy xulosa (Dissertation Abstract), ikkita tavsiyanomalarni exnerova@orient.cas.cz elektron manziliga jo’natish lozim bo’ladi.

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar va savollarni exnerova@orient.cas.cz elektron manziliga jo’natilishi kerak.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Saidov Sobit tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.