KOICA tashkiloti uzoq muddatli magistrlik dasturini e’lon qildi

0
551 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Janubiy Korea

Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 27-fevraligacha

Kim uchun: davlat korxonasi xodimlari

Grant miqdori:  To’liq qoplanadi

Grant turi:

  • Magistratura uchun

Janubiy Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi tashkiloti (KOIСA) O’zbekistonga chuqur hurmat bildirgan holda 2017 yilda uzoq muddatli magistrlik dasturini shakllantirishini ma’lum qiladi. Nomzodlar Janubiy Koreya davlat universitetlarida tajriba va bilimlarini oshiradi. Taklif etilayotgan nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 27 fevraliga qadar O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga topshirilishi so’raladi.

Quyidagi internet manzilda Janubiy Koreyadagi universitetlar haqida ma’lumotlarni, ariza namunasini va KOICAning o’quv dasturini bilib olasiz. (http://training.koica.go.kr (community qismida))

Xankuk xorijiy tillar universiteti (Hankuk University of Foreign Students): «Atmosfera muhiti yo’nalishida magistrlik dasturi (Master’s Degree Program in Atmospheric Environment)»

  • nomzodlar soni: har bir dastur bo’yicha 4 tagacha
  • ishtirokchilarni tavsiya qilish muddat: 27.02.2017 yilgacha
  • KOICA tashkiloti mahalliy intervyular o’tkazishni rejalashtirgan.

Birinchi bosqich – hujjatlarni KOICA bosh ofisida ko’rib chiqish;

Ikkinchi bosqich – qabul tugagandan so’ng universitetlar bilan suhbatlar o’tkazish.

Ishtirokchilarga qo’yilgan talablar:

  • Hukumat tomonidan berilgan rasmiy tavsiyanoma;
  • jismoniy-ruhiy sog’lomligi to’g’risidagi ma’lumotnoma

Davlat organlari xodimlariga quyidagi talablar qo’yilgan:
* Davlat korxonalari, banklar, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar xodimlari va boshq. (davlat korxonasi xodimlari):

  • Davlat tomonidan tasdiqlangan rasmiy bakalavr diplomi;
  • ingliz tilini yaxshi biladigan (diplom ishi ingliz tilida yoziladi);
  • ilgari Janubiy Koreya hukumatining magistrlik dasturlarida ishtirok etmaganligi;
  • qalbaki hujjat taqdim etganlar, kam ball to’plaganlar va boshqa qoidabuzarlik qilganlar qabul qilinmaydi;
  • taklif etilayotgan nomzodning chiqish vizasi (OVIR) ketish vaqtidan 15 kun oldin olingan bo’lishi shart.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining manzil ma’lumotlari:

ManzilOzbekiston Respublikasi , Ozbekiston kochasi 1, Toshkent 100029 
Moljal: Ozavtosanoat” AK
Yaqin bekatlar: «Foton» Avtobuslar 1, 19, 51,67 
Ish kuni: DushanbaJuma 9:00-18:00 
Tushlik: 14:00-15:00 
Telefon raqamlar: (+99871)238-51-00 
Kotibiyat: (+99871)238-52-32 
Ishonch raqami: (+98971) 238-51-32 
Elektron manzil: secretary@mfer.uz

Grantlar haqida birinchi bo’lib xabardor bo’lish uchun telegramdagi kanalimizga a’zo bo’ling: https://telegram.me/grantlar