Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetida bakalavr darajasi uchun grantlar

0
643 marta o'qildi

Qayerda: Qirg’iziston

Ariza topshirish muhlati:

28-maydagi imtihon uchun registratsiya, 23-may, 17:00 gacha

25-iyundagi imtihon uchun registratsiya, 20-iyun, 17:00 gacha

Stipendiya uchun registratsiya, 11-iyul, 17:00 gacha

Kim uchun: Bakalavr darajasini olishni xohlovchilar uchun

Grant miqdori: stipendiya to’liq yoki qisman beriladi va yotoqxona bilan ta’minlanishi mumkin. To’liq stipendiya kontrakt, yotoqxona va oylik stipendiya to’lovidan iborat bo’ladi.

Grant turi:

–  Balakavr uchun

Umumiy ma’lumot:

Universitet 1993-yilda tashkil etilgan. Universitet Markaziy Osiyodagi Amerika Qo’shma Shtatlari akkreditatsiyasini olgan birinchi oliy o’quv yurti hisoblanadi. Universitet AQShdagi Bard kolleji bilan hamkorlik qilib, bitiruvchilarga diplom Bard kolleji tomonidan beriladi. Universitet bakalavr darajasi uchun 14 xil, Antropolgiya, Amaliy matematika va informatika, Biznesda boshqaruv, Ekonomika, Yevropani o’rganish, Geologiya, Biznes va Xalqaro huquq, Xalqaro siyosat, Jurnalistika, Sotsiologiya, Psixologiya, Dasturiy ta’minot muhandisligi, TV, Kino va San’at kabi yo’nalishlarini taklif etadi. Universitet fakultetlari haqida SHU YERDAN ma’lumot olish mumkin

Universitet nomzodlarga moliyaviy yordam berib keladi. Universitetdan ikki turdagi moliyaviy yordam olish mumkin: Moliyaviy holati va iqtidoriga ko’ra. Moliyaviy yordam uchun finaid@auca.kg manziliga, universitet saytiga , universitetga shaxsan tashrif buyurib, yoki telefon (+996 312 915 000) orqali ma’lumot olish mumkin. Moliyaviy yordam ariza formasini SHU YERDAN yuklab olish mumkin.

Universitet: Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti

 Hujjat topshirish tartibi: Nomzod o’zining pasport kopiyasini, Rasm (3×4), imtihon to’lovi (1000 Qirg’iziston so’mi, taxminan, 15 AQSh Dollar atrofida) va nega shu universitetga topshirayotganligi haqida 700 so’zdan kam bo’lgan insho (Statement of purpose) ni topshirishi kerak bo’ladi. Hujjatlarni SHU YERDA  onlayn to’ldirish yoki universitetning  ariza formasini SHU YERDAN yuklab olib, to’ldirib admissions@auca.kg manziliga, yoki pochta orqali universitetga jo’natishi mumkin.

Kirish imtihoni uch qismdan iborat bo’ladi:

Ingliz tilidan test (TOEFL, 80 minut, minimum o’tish bali 480 ball)

Insho (Essay, 60 minut, o’tish bali fakultetga qarab farqlanadi, minimum 45 ball)

Matematikadan test (60 minut, o’tish bali fakultetga qarab farqlanadi, minimum 20 ball)

Nomzod IELTS (5 band), TOEFL (iBT 54), TOEFL (PBT 480), SAT, yoki ACT sertifikatlarini topshirishi mumkin.

O’tish ballari haqida SHU YERDAN  to’liq ma’lumot olish mumkin.

Imtihon materiallarini SHU YERDAN olish mumkin.

To’liq ma’lumotlarni SHU YERDA  dan olish mumkin.

Universitet manzili: Qirg’iziston Respublikasi, Bishkek shahri, Ali Tokomboev ko’chasi 7/6, Universitet qabul komissiyasi, G20-xona.

Telefon: +996 312 915 000

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni https://auca.kg/en/apply_international/  olish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: www.auca.kg

Saidov Sobit tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!