×

Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetida bakalavr darajasi uchun grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

4458 marta

Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti bakalvr darajasini olishni xohlovchilar uchun bir qancha iqtisodiy ko’mak dasturarini taqdim qiladi.

Universitet 1993-yilda tashkil etilgan. Universitet Markaziy Osiyodagi Amerika Qo’shma Shtatlari akkreditatsiyasini olgan birinchi oliy o’quv yurti hisoblanadi. Universitet AQShdagi Bard kolleji bilan hamkorlik qilib, bitiruvchilarga diplom Bard kolleji tomonidan beriladi. Universitet bakalavr darajasi uchun 14 xil, Antropolgiya, Amaliy matematika va informatika, Biznesda boshqaruv, Ekonomika, Yevropani o’rganish, Geologiya, Biznes va Xalqaro huquq, Xalqaro siyosat, Jurnalistika, Sotsiologiya, Psixologiya, Dasturiy ta’minot muhandisligi, TV, Kino va San’at kabi yo’nalishlarini taklif etadi. Universitet fakultetlari haqida SHU YERDAN ma’lumot olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet nomzodlarga moliyaviy yordam berib keladi. Universitetdan ikki turdagi moliyaviy yordam olish mumkin: Moliyaviy holati va iqtidoriga ko’ra. Moliyaviy yordam uchun finaid@auca.kg manziliga, universitet saytiga , universitetga shaxsan tashrif buyurib, yoki telefon (+996 312 915 000) orqali ma’lumot olish mumkin.

Stipendiya to’liq yoki qisman beriladi va yotoqxona bilan ta’minlanishi mumkin. To’liq stipendiya kontrakt, yotoqxona va oylik stipendiya to’lovidan iborat bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod o’zining pasport kopiyasini, Rasm (3×4), imtihon to’lovi (1000 Qirg’iziston so’mi, taxminan, 15 AQSh Dollar atrofida) va nega shu universitetga topshirayotganligi haqida 700 so’zdan kam bo’lgan insho (Statement of purpose) ni topshirishi kerak bo’ladi. Hujjatlarni SHU YERDA  onlayn to’ldirish yoki universitetning  ariza formasini SHU YERDAN yuklab olib, to’ldirib admissions@auca.kg manziliga, yoki pochta orqali universitetga jo’natishi mumkin.

Kirish imtihoni uch qismdan iborat bo’ladi:

Ingliz tilidan test (TOEFL, 80 minut, minimum o’tish bali 480 ball)

Insho (Essay, 60 minut, o’tish bali fakultetga qarab farqlanadi, minimum 45 ball)

Matematikadan test (60 minut, o’tish bali fakultetga qarab farqlanadi, minimum 20 ball)

Nomzod IELTS (5 band), TOEFL (iBT 54), TOEFL (PBT 480), SAT, yoki ACT sertifikatlarini topshirishi mumkin.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

American University of Central Asia

O’tish ballari haqida SHU YERDAN  to’liq ma’lumot olish mumkin.

Imtihon materiallarini SHU YERDAN olish mumkin.

To’liq ma’lumotlarni SHU YERDA  dan olish mumkin.

Universitet manzili: Qirg’iziston Respublikasi, Bishkek shahri, Ali Tokomboev ko’chasi 7/6, Universitet qabul komissiyasi, G20-xona.

Telefon: +996 312 915 000

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni https://auca.kg/en/apply_international/  havolasi orqali olish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!