×

Tailandda bakalavr bosqichida o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

30.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

2380 marta

King Mongkut Texnologiya Instituti (KMITL) butun dunyodan kelgan talablar uchun bakalavr dasturi davomidagi to’liq o’qish pulini qoplab beruvchi va oylik stipendiya ajratishni nazarda tutuvchi grantlarni taklif qiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet quyidagi stipendiyali dasturlarni taqdim etadi:

  • International College Undergraduate Scholarship for International Students: Kontrakt pulini to’liq qoplab beradi.
  • Full Scholarship: Kontrakt pulini to’liq qoplab beradi.
  • Merit Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya.
  • Hardship Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya.
  • Activity Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya.
  • Student Awards for Academic and Athletic Achievement: Yiliga 50,000-10,000 Baht (taxminan 153-306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya.

Talablar:

Har bir grant bo’yicha alohida talablar qo’yilgan bo’lib, ushbu talablar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn portal orqali ariza formasi to’ldiriladi va topshiriladi
  2. Quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
  • Passport fotonusxasi
  • Oxirgi reyting ballari transkripti. Ariza to’ldirilganda fotonusxasini jo’natish mumkin, lekin intervyu kuni asl nusxasi taqdim qilinadi
  • Standardlashtirilgan testlardan olingan ball natijalari
  • Akademik portfolio (agar mavjud bo’lsa) va boshqa hujjatlar arizaga qo’shimcha jo’natilishi yoki intervyu payti hakamlarga taqdim qilinishi mumkin.
  • Arizalar 2 xil yo’l orqali yuborilishi mumkin:
    1. Barcha hujjatlarni joylashtirgan holda onlayn ariza topshirish tizimi orqali.
    2. Registratsiyadan o’tkazilgan mail yoki shaxsan topshirish mumkin.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

King Mongkut Texnologiya Instituti (KMITL)

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni:

  • International College Undergraduate Scholarship for International Students: Har bir yo’nalish bo’yicha 1-2 ta
  • Full Scholarship: 38 ta
  • Merit Scholarship: 400 ta
  • Hardship Scholarship: 800 ta
  • Activity Scholarship: 200 ta
  • Student Awards for Academic and Athletic Achievement: Aniq belgilab qo’yilmagan.

Nomzodlar universitetda mavjud istalgan sohani tanlashi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!