To’liq grant beruvchi Amerika universitetlari

    44
    2 035 marta o'qildi

    Xorijlik talaba uchun AQShda o’qishninhg eng qiyin jihatlaridan biri bu o’qish uchun pul topish. Bu yerda o’qish arzon emas. Buning ustiga, chet ellik talabalar AQShdagi mahalliy talabalarga qaraganda o’qish uchun ancha ko’p to’lashi talab etiladi. Ana shunday vaziyatda talabaning joniga oro kiruvchi, ehtimol, yagona chora “scholarship” topish hisoblanadi.

    Quyida talabalarga, chet ellik yoki mahalliy bo’lishidan qat’i nazar, to’liq grant ajratuvchi ayrim universitetlar ro’yxatini bermoqchimiz. Grant olish uchun, avvalo, o’qishga qabul qilinishingiz kerak. Quyida keltirilayotgan olti universitet, to’liq grant berish bilan birga, Amerikaning kirish juda qiyin bo’lgan eng kuchli universitetlaridan hisoblanadi. Demak, o’qishga qabul qilinish uchun kuchli raqobatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.

    MIT, Massachusetts Institute of Technology in Massachusetts

    Harvard University

    Princeton University

    Yale University

    Williams College in Massachusetts

    Middlebury College in Vermont

    Albatta, o’qish uchun AQShda to’liq grant beruvchi oliygohlar faqat bulardangina iborat emas. Ko’plab universitetlarda turli yo’nalishlar va darajalar bo’yicha har yili ko’plab o’rinlar uchun to’liq grantlar taqdim etiladi. Ular haqida ham sekin-asta ma’lumot berib borish niyatimiz bor.

    Yuqoridagi oliy o’quv yurtlari saytlariga kirganda, qabul (admission), moddiy yordam (financial aid) va xalqaro talabalar (international students) bo’limlariga kirib, o’qishga qabul va moddiy yordam olish yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot olishingizni tavsiya etamiz.

    44 Izohlar

    1. Mentor,
      Undergraduate darajasigayam grant mavjudmi u saytlarda faqat documentlar jo`natish lozimikan oldin agar siz xabardor bo`sez IELTS yoki TOEFL nechi bal olish talab qilinadii? yoki boshqa shartlar ham bormi?

    2. Umar,

      Hujjat va IELTS/TOEFL talablari har bir universitet uchun har xil bo’lishi mumkin. Bu haqda saytlariga kirib batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

    3. Bu royxatdagi universitetlar dunyo boyicha top universistelar hissoblanadi va ular alohida shartlari mavjud, ya’ni Undergraduate degree ga apply qilish uchun SAT(subject test), ACT va TOEFL standard testlarini topshirish kerak.

    4. Kattakon rahmat
      Yana bir savolim boridi 3la standart testni ham topshirish shartmi
      Faqat TOEFL yoki IELTS yetmidimi, Agar uchalasi shart bosa SAT va ACT testini qanday topshirish mumkin.

    5. Umar,

      ACT yoki SAT testlarini Toshkentdagi xalqaro maktabda (Tashkent International School) topshirish mumkin. Manzili: 38 Sariko’l ko’chasi, Тошкент 100005, Uzbekistan
      +998 71 291 96 70

    6. IELTS sertifikatini olgandan keyin O’zbekistondagi magistraturalardan birida bepul o’qish imkoniyatiga egamizmi?

    7. Fotima,

      IELTS imtihonlari o’tkaziladigan sanalar haqida Britaniya Kengashidan (British Council) batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. IELTSdan yaxshi bal olib, AQShda to’liq grant olish imkoniyatingiz bor, albatta. AQSh oliy o’quv yurtlarida magistratura oq’ish uchun grant topish yo’llari haqida oldin ham maqolalar berganmiz. Saytimizning «Blog» bo’limiga kirib, ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

    8. Assalomu alaykum. Rahmat, ajoyib maqola.
      So’ramoqchidim, AQSH da ham ish va o’qishni birgalikda olib borish uchun ochno-zaochno, zaochno o’qish formalari ham bormi? Iltimos, shu haqida ma’lumot bering.
      Oldindan rahmat.

    9. Bobir,

      Qaysi sohaga qiziqayotganingizga qarab, buni saytiga kirib tekshirib ko’rishingiz mumkin. GMAT, odatda, biznes boshqaruvi kabi aniq sohalarda magistratura uchun kerak. AQShda MBA uchun deyarli hamma joyda GMAT so’raladi.

    10. Qodirjon,

      AQShda ham kechki o’qishlar bor. Kunduzi ishlab, kechki payt o’qishingiz mumkin. Umuman, kunduzi to’liq o’qiydigan talabalar ham qonuniy haftasiga 20 soatgacha ishlashlari mumkin.

    11. Assalom alaykum.harward universitetida o’qish orzuim.bu yerda o’qishni tamomlab medical school facultetida magistratura o’qimoqchiman.harward tez-tez xalqaro talabalar uchun grand ajratadimi.u ywrda o’qish uchun nima qilish kerak.ILETS dan yuqori ball olib kirsa bo’ladimi.7ball bilan qabul qilinadimi.oldindan raxmat

    12. Ibroximjon,

      Garvard universiteti ham o’qish uchun grantlar ajratadi. Qaysi yo’nalishga kirishingizga qarab IELTS/TOEFL talablari har xil bo’lishi mumkin. O’qishga qabul qilishda faqat ingliz tili imtihoni natijalariga qarashmaydi, balki baholaringiz, tajribangiz (agar bo’lsa), yozgan insholaringiz, tavsiyanomalar va boshqa ajralib turadigan jihatlaringizga ham e’tibor qaratishadi.

    13. Husnora,

      Magistratura uchun ikki yil ish stajiga ega bo’lishi kerak, degan qoida yo’q. Lekin grant beruvchi ayrim tashkilotlar shunday talab qo’yishi mumkin. Yuqoridagi universitetlarda bunday talab yo’q. Ish stajingiz bo’lsa, qabul qilinish imkoniyatingiz staji bo’lmagan nomzodlarnikidan yaxshiroq bo’lishi mumkin.

    14. Sirojiddin,

      Turkiyada, istasangiz, turk tilida ham o’qishingiz mumkin. Buning uchun turk tilini bilishingiz shart emas, o’zlari o’rgatishadi. Ingliz tilidan minimum bal universitetlarga qarab farq qilishi mumkin.

    15. Rahmatillo,

      Shartlariga to’g’ri kelsangiz, kolej yoki litseyni tamomlab, bakalavrlik uchun topshirsangiz bo’ladi. Bakalavr uchun ham grantlar bo’ladi.

    16. Aniq malumotni qayerdan o’qiylik. Faqat o’ziga bo’lgan ishonch, ishtiyoq haqida yozilgan. Grant yutish uchun aynan nimalar qilish kerak

    17. Sodiq,

      Bu haqda boshqa maqolalarimizda ham yozganmiz Blog bo’limiga kirib ular bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.

    18. assalom! admin, hozir guldu inyaz talabasiman agar qabuldan o’tilsa o’qiwimni davom etira olamanmi?

    19. Salom..man westga regerstr qilganman malaysiaga 1yil foundetion oqib 2kursni ozgartirmoqchiman america universitetlariga.. shuni iloji bomi ..xamda malaysida toefl topwirmoqchiman inshaalox agarda 100..110ball olsam harvardga ozgartirsa boladimi .grantga.. yana savolim usha ozgartirsh bolgan hujjatlar uchun uzbekistonga borib keliw kerakmi?? Iltimos jovobni e-mailga yuborong..sardor-95_95@mail.ru

    20. salom
      man AQSHdegi harvarga grand asosida kirmoqchiman iltimo grand olish haqida toliq ma`lumot bersangiz talabi va yonalishi haqida ham

    21. man 6,5 oldim yaqinda,full scholarship topsam buladimi americadan,yoki europe davlatlaridan

    22. Assalom aleukum admin kiriw ballari qanaqa boladi va qaysi fanlardan masaln menedjerlikka oqimoqchiman

    23. Turizm bôyicha magistratura bormi?
      Agar 4 yillik baholar 68% bôlsa ôtadimi?
      Ielts bali qancha bôlishi kerak?
      Tôliqroq ma’lumot bersangiz!!!… Rahmat?

    24. Men grand asosida o’qimoqchiman 5.5 ielts balim bor matematikani chuqur bilaman qaysi xalqaro inisitutga kirsam bo’ladi

    25. Salom men USAda o’qishni xoxlayman buning uchun nima qilishim kere IELTSdan 6 olganman USAning biror bir shtatida grandga yoki ham ishlab ham o’qish imkoniyati bo’lgan biror bir institut haqida maslahat olmoqchi edim iltimos shular haqida ma’lumot bersangiz!!
      Javob uchun oldindan rahmat !!!!!
      Iloji bo’lsa javobni e-mail limga jo’nating : mansurabdualimovich@mail.ru

    26. Salom Amerikada California Technological Universititetida grant asosi da oqimoqchi edim buni qanda uddalasam Lekin suhbatdan otishda moddiy taraflama ham sorashadi deyishdi

    27. Salom admin savolim shundan iboratki hozir 2 -kurs Turizm kollejida uqiyman ieltsdan 7 ball oldim HARVARD ga o’qish orzuim lekin kantrakt asosida o’qiahga sharoitim yetmaydi 7 ball bn grand asosida qanday o»ishga kirsam bo’ladi javob u-n oldindan rahmat