×

O‘zLiDeP mukofoti 17 million so’mdan ortiqroq bo’lgan tanlov e’lon qildi


Grant

MUHLAT

01.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

6121 marta

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida “FAOL TADBIRKOR — IJODKOR NIGOHIDA” respublika ijodiy tanlovini e’lon qildi.

Tanlov 3 yo’nalishda o’tkaziladi:

  1. Eng yaxshi badiiy asar;
  2. Eng yaxshi publitsistik maqola;
  3. Eng yaxshi videorolik.

 

Grant kimlar uchun?

O‘zbekistonda va O‘zbekistondan tashqarida bosma, internet nashrlari va teleradiokanallarida faoliyat yuritayotgan erkin ijodkorlar, jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir yo‘nalishda l, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-o‘rin –  eng kam oylik ish haqining 100 baravari (17 million 224 ming so’m) miqdorida.
2-o‘rineng kam oylik ish haqining 50 baravari (8 million 622 ming so’m) miqdorida.
3-o‘rineng kam oylik ish haqining 25 baravari (4 million 311 ming so’m) miqdorida.

Shuningdek, “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” hamda “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ta’sis etilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Ijodiy ishlar, xususan, internet yoki bosma nashrdagi publitsistik materiallar davriy nashrlarda, internetdagi maqola esa A-4 formatdagi qog‘ozda e’lon qilingan sayt manbasi ko‘rsatilgan holda taqdim etilishi lozim. (Ishning hajmi – 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda bo‘lishi kerak.)
  2. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar diskka ko‘chirilgan holatda taqdim etilishi lozim(texnik nosoz deb topilgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi).
  3. Ijodiy ish yozilgan elektron manba (CD, DVD, flash) tanlov ishiga ilova qilinadi.
  4. Titul varag‘i. Undada quyidagilarni ko‘rsatish lozim:– muassasa nomi, pochta indeksi va manzili;
    – ish mavzusi;
    – muallif haqida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, pochta indeksi, uy manzili, telefon raqami)

Talab darajasida tayyorlanmagan ishlar ko’rib chiqilmaydi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018-yilning 1-noyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 255-29-91, 254-01-22

Elektron pochtatanlov@uzlidep.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!