×

Nepal: O’smirlar uchun xalqaro konferensiya


Grant

MUHLAT

31.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Nepal

O'QILGAN

2982 marta

Nepal poytaxti Katmandu shahrida 2018-yilning 31-avgust-2-sentabr kunlari Xalqaro o’smirlar konferensiyasi (Glocal International Teen Conference) bo’lib o’tadi. Ushbu konferensiya o’smirlar orasida bilim va tajriba almashish, liderlik, huquqlar va imkoniyatlarni kengaytirish, ijtimoiy faollikni oshirish haqida ma’lumot olish hamda dunyoning turli burchaklaridan kelgan vakillar bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. Konferensiyada ko’rib chiqiladigan 3 ta asosiy masala tadbirkorlik, huquq va imkoniyatlarni kengaytirish hamda ijtimoiy faollik hisoblanadi. Konferensiyada hozirgi jamiyatdagi taniqli liderlar o’z prezentatsiyalari va interaktiv dasturlari bilan qatnashadi. Konferensiyada speker yoki ishtirokchi sifatida qatnashish mumkin.

Grant kimlar uchun?

13-19 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Spekerlar uchun qatnashish bepul. Ishtirokchilar uchun esa konferensiyada qatnashih haqi 200 dollarni tashkil qiladi.

Ushbu to’langan 200 dollar quyidagi xizmatlarni o’z ichiga oladi:

  • Konferensiya davomida turar joy bilan ta’minlah;
  • Oziq-ovqat bilan ta’minlash;
  • Aeroportdan konferensiya o’tkaziladigan joyga va konferensiya o’tkaziladigan joydan aeroportga olib borish xizmati;
  • Konferensiyada tarqatiladigan materiallar;
  • Maxsus futbolka.

Speakerlar uchun yuqoridagi hamma narsa ta’minlanadi va ular uchun konferensiyada qatnahish haqi mavjud emas.

Talablar:

Ishtirokchi bo’lib qatnashmoqchi bo’lganlar quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod 13-19 yosh bo’lishi kerak;
  • O’rganishga qiziqishi kuchli bo’lishi kerak;
  • Nomzod konferensiyadan olingan bilimlarini keyinchalik o’z o’sishi uchun ishlatishi kerak

Speker bo’lib qatnashmoqchi bo’lganlar quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod 13-19 yosh bo’lishi kerak;
  • O’zi gapiradigan (prezentatsiya qiladigan) mavzusida yetarlicha bilimga ega bo’lishi;
  • O’zi gapirmoqchi bo’lgan mavzusi bo’yicha 6 oylik tajribaga ega bo’lishi kerak;
  • Olgan bilimlarini o’z davlati rivoji uchun ishlatishga tayyor bo’lishi kerak.

Dasturning boshlanishi:

2018-08-31

Dasturning tugashi:

2018-09-02

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza va hujjatlar onlayn topshiriladi.

Speker sifatida ro’yxatdan o’tish uchun SHU YERGA, ishtirokchi sifatida ro’yxatdan o’tish uchun esa SHU YERGA tashrif buyuring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!