×

Insholar tanlovi – yutuq 1000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

20.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2938 marta

AQShning JASNA (Jane Austen Society of North America) tashkiloti insholar tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlovdan maqsad – Jeyn Ostenning hayoti va ijodining yoshlar tomonidan o’rganilishini rag’batlantirish.

Ushbu tanlov uch kategoriya qatnashchilari uchun mo’ljallangan:

1-kategoriya: Maktabning yuqori sinf o’quvchilari hamda kollej/litsey o’quvchilari.
2-kategoriya: Institut va universitetda bakalavr bosqichida o’qiyotganlar.
3-kategoriya: Magistratura va doktorantura talabalari.

Insho mavzusi: «The trio of faith, hope and charity all feature in Jane Austen’s novel Persuasion». Discuss how possessing or lacking these qualities affects a character’s behavior and drives the plot. You may focus on one quality or examine the interplay of two or all three. You may include more than one character in your discussion.

Grant kimlar uchun?

Maktabdagi yuqori sinf o'quvchilari, kollej/litsey o'quvchilari, bakalavriat bosqichi talabalari hamda magistratura/doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriya bo’yicha 1-3-o’rinlar pul quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o’rin – 1000 AQSh dollari. Shuningdek, 2018-yilgi JASNA konferensiyasiga bepul ro’yxatdan o’tish va ikki kunlik turar joy hamda oziq-ovqat bilan ta’minlanadi (AQShga kelish xarajatlari qoplanmaydi).
2-o’rin – 500 AQSh dollari.
3-o’rin – 250 AQSh dollari.

Bundan tashqari, g’oliblar va ularning mentorlari JASNAga 1 yillik bepul obuna bo’lish imkoniga ega bo’ladi. G’olib insholar JASNA rasmiy vebsaytida e’lon qilinadi.

Talablar:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Nomzod maktabning yuqori sinfida, kollej/litseyda, bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod JASNA kutubxonasiga a’zo bo’lgan bo’lishi shart emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar onlayn tarzda topshiriladi.

Insholar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ingliz tilida yozilgan bo’lishi kerak;
  • 6-8 sahifa bo’lishi kerak (iqtiboslarni hisobga olmagan holda);
  • Inshoning birinchi sahifasi tepasida insho mavzusi bo’lishi kerak va keyingi sahifalar tepa qismida sahifa raqamlari qo’yilishi kerak. Shuningdek, insho muallifi ismi inshoda ishlatilmasligi kerak.
  • Insho MLA formatida bo’lishi kerak, ya’ni iqtiboslar, snoskalar bo’lishi va ko’rsatilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!