×

12-17 yoshlilar uchun kiberxavfsizlik boʻyicha shiorlar tanlovi!


Grant

MUHLAT

12.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3746 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekistonning barcha hududlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalarni #SaferInternetDay doirasida eng yaxshi shior tanlovini eʼlon qildi. 

Tanlovdan koʻzlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini oʻzida mujassam etuvchi shiorni ishlab chiqishdan iborat.

Gʻolib deb topilgan shior Xavfsiz internet Milliy markazining shiori boʻladi. Bu, shuningdek, bolalar va oʻsmirlar tomonidan raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni targʻib qilish boʻyicha tadbirlarda qoʻllaniladi.

O‘zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishi bilan bog‘liq shiorni quyidagi shakllardan birida yozish mumkin:

  • Shior;
  • Ifodalar;
  • Iboralar;
  • Ikki qator she’r;
  • Gap.

Grant kimlar uchun?

12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin – Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11” 128Gb 4G) va sertifikat.
  • 2-oʻrin – electron kitob oʻquvchi (Amazon Kindle Paperwhite 10th Generation) va sertifikat.
  • 3-oʻrin — Fitnes bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6) va sertifikat.

Talablar:

Tanlovga qatnashish talablari va shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda Oʻzbekistonning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish masalalariga qiziqadigan hamda Internetdan foydalanishda barchaning xavfsizligi va himoyasini taʼminlash boʻyicha oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashmoqchi boʻlgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bolalar qatnashishi mumkin.
  • Har bir ishtirokchi tanlovga faqat bitta shior taqdim etishi mumkin.
  • Shior qogʻozga qoʻl bilan tushunarli yozilishi yoki oʻzbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida bosma shaklda taqdim etilishi mumkin
  • Shior maʼlumotli, ixcham va esda qoladigan boʻlishi kerak.
  • Mualliflik huquqini buzuvchi mavjud shiorlardan nusxa qilingan, shuningdek kamsitish va zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini erga uruvchi, behayo soʻz va tasvirlarni oʻz ichiga shiorlar tanlovga qoʻyilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2022-yil 11-may, soat 24:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov uchun ariza quyidagicha rasmiylashtirilishi (yozilishi) kerak:

  • Ishtirokchining toʻliq ism-sharifi.
  • Ishtirokchining yoshi.
  • Yashash manzili.
  • Taʼlim maskani va sinfi/kursi.
  • Aloqa uchun telefon raqamlari.
  • Email manzili.
  • Tanlovga yuborilgan shior.

Arizalarni elektron pochta orqali yoki qogʻoz shaklda joʻnatma pochta orqali topshirish mumkin.

Elektron shaklda ariza topshirilgandan ariza Word formatida quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi va xabar mavzusida Tanlov “#SaferInternetDay” deb yozilishi: tashkent@unicef.org.

Qogʻoz shaklda ariza topshirilganda arizalar A4 formatidagi qogʻozga yozilib, quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi va konvert ustida Tanlov “#SaferInternetDay” deb yozilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, 100029, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy koʻchasi 1.

Ntijalar 2022-yil 31-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida.

Tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan BU YERDA tanishish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!