×

15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

09.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

48895 marta

TechGirls – Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yashovchi qizlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida ish yuritishga rag‘batlantirish va ilhomlantirishga qaratilgan xalqaro yozgi almashinuv dasturi hisoblanadi.

Ushbu oromgohda qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyurishadi, jamoat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarida va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi. Dastur nihoyasiga yetgach, qatnashchilar o‘z yurtlaridagi maktab yoki jamoa ichida kamida bitta trening-dastur yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq loyihani amalga oshiradilar.

TechGirls dasturi malaka oshirish seminarlarida qatnashish va AQSHning eng yaxshi innovatsion texnologiya mutaxassislari bilan tajriba almashish bilan bir qatorda, Virjiniya texnologik lagerida ishtirok etish imkonini ham beradi. Shuningdek, TechGirls dasturi boy madaniy tajriba imkoniyatini taqdim etib, ishtirokchilarni texnologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot olishga ilhomlantiradi va ushbu sohada ishlash qobiliyatini oshiradi. Dasturbir oy davom etadi.

Dasturga qabul qilinganlar 2024-yil iyul oyi boshida AQSHga joʻnab ketadi va 24 kun davomida AQSHdagi Virginia Tech University oliygohida mashgʻulot oʻtashadi.

Mazkur dastur boʻyicha Oʻzbekistonda qabul jarayonini tashkillashtirish va savol-javoblar uchun masʼul tashkilot Toshkentdagi AQSh elchixonasidir.

Maʼlumot uchun: Dastur ishtirokchilari har kuni 24 soat davomida nazorat qilinadi. Maxsus xodimlar qizlarni madaniy moslashuvi yuzasidan yordam, mntorlik va maslahatlar bilan taʼminlaydi.

Grant kimlar uchun?

15-17 yoshdagi qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlandi:

  • Viza toʻlovi qoplanadi.
  • AQSHga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  • Dastur davomida bepul turar joy taʼminlandi (ishtirokchilar 2 kishilik xonalarga joylashtiriladi).
  • Dastur davomida bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
  • Jamoaviy dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy trasnport taʼminalandi.
  • Legacy International tomonidan turli madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Favqulodda holatlardagi tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bolishi kerak:

  1. Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak. Bu davlatlar ichida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojkiston ham bor.
  2. Dasturga faqat qizlar ariza topshira oladi.
  3. Nomzod almashuv dasturi boshlanishida, yaʼni 2024-yil 13-iyul holatiga koʻra 15-17 yosh bo‘lishi kerak (2006-yil 13-iyuldan 2009-yil 13-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilganlar qatnasha oladi).
  4. Nomzod texnologiya,  muhandislik va/yoki matematika sohalarida ilg‘or koʻnikma, taʼlim va jiddiy qiziqishga egaligini namoyish qilishi kerak.
  5. Nomzod texnologiya sohasida oliy taʼlim olish yoki karyera qilishni ko‘zlagan bo‘lshi kerak.
  6. Ingliz tilini yaxshi bilishi, shu tilda erkin muloqot qila olishi kerak.
  7. Nomzod o‘tkir zehnli, moslashuvchan va ochiq fikrli bo‘lishi kerak.
  8. Oʻzbekistonga qaytib kelgach, o‘rta maktab, litsey yoki kollejda hech boʻlmaganda bir semestr o‘qishi kerak.
  9. Nomzod vataniga qaytgach, jamoatchilikka moʻljallangan foydali loyihani amalga oshirishi kerak.
  10. Avval AQShda bo‘lmagan yoki cheklangan muddat davomida bo‘lganlarga ko‘proq imtiyoz beriladi. Agar so‘nggi uch yil ichida AQSHning Taʼlim va madaniy masalalar byurosi almashinuv dasturlari doirasida AQShga safar qilgan bo‘lsangiz, ushbu dasturda ishtirok etishingiz mumkin emas.
  11. AQSh elchixonasi yoki AQSh Davlat departamenti xodimlarining oila a’zolari dasturda ishtirok eta olmaydi.

TechGirls dasturi turli sohadagi taʼlim / tajriba tarixi va koʻnikmalarga ega boʻlgan, jumladan, nogironlikka ega boʻlgan nomzodlarni ushbu dasturga ariza topshirishga chaqiradi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar qabuli 2023-yil 16-oktabrdan 9-dekabr, soat 13:00 da yakunlanadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

Ariza topshirishda onlayn arizani toʻldirish, berilgan savollarga javob yozish va oxirgi bir yilda olingan baholarni ingliz tilida topshirish soʻraladi. Masalan, ariza topshirish vaqtida 10-sinf boʻlsangiz, 9-sinfda olgan baholaringiz topshiriladi. Fanlar va undan olingan baholarni oʻzingiz mustaqil tarjima qilib, maktab, litsey / kollej direktori imzosi va muhri bilan tasdiqlab, ariza tizimga yuklashingiz mumkin.

Ariza topshirish jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgannlar suhbatga taklif etiladi. Suhbat onlayn tarzda yoki nomzodning mamlakatida AQSH elchixonasida yuzma-yuz shaklda boʻlishi mumkin.

Natijalar 2024-yil mart oyida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqng.

TechGirls 2021 dasturi gʻolibasi bilan qilingan suhbatni BU YERDA oʻqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!