×

15-35 yoshlilar uchun “Youth Excel Photo Contest 2022” fototanlovi!


Grant

MUHLAT

18.07.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2761 marta

USAID’ning Youth Excel dasturi Afrika, Osiyo, Yevropa, Yevroosiyo, Lotin Amerikasi, Karib havzasi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika yoshlari uchun suratlar tanloviga ishlar qabul qilmoqda. Bu tanlov 15-35 yoshli nomzodlar uchun mo’ljallangan.

Tanlovga 5 ta asosiy mavzu doirasida olingan suratlar qabul qilinadi.

Mavzular quyidagicha:

  1. Yoshlarning ruhiy salomatligi va farovonligi (Youth Mental Health and Wellness) – jamiyatingizda yoshlarning ruhiy va jismoniy salomatligini qo‘llab-quvvatlash borasida qanday ishlar qilinayotgani aks etgan fotosuratlar,
  2. Iqtisodiy rivojlanishda yetakchi yoshlar (Youth at The Forefront of Economic Development) – jamiyatingizda yoshlarning ish bilan bandiligini ta’minlashda qanday tadbirlar amalga oshirilayotgani aks etgan fotosuratlar.
  3. Yoshlar va ish jorayonida qarorlar qabul qiluvchi shaxslar (Youth and Decision-Makers at Work) – yoshlar va mutasaddilar tomonidan birgalikda jamiyatdagi muhim masalalarga yechim topish jarayonlari aks etgan suratlar.
  4. Maʼlumotlar yordamida qaror qabul qiluvchi yoshlar (Youth Driving Decisions Through Data) – jamiyatdagi muammolarni hal qilish uchun yoshlarning mavjud tadqiqotlar va ma’lumotlardan qanday foydalanayotgani aks etgan fotosuratlar.
  5. Gender va inkluziya (Gender and Inclusion) – jamiyat rivojida ijobiy tarzda ishtirok etayotgan marginal yoshlar – yosh ayol va qizlar, nogironlar, etnik elatlar va boshqalar aks ettirilgan suratlar.

Grant kimlar uchun?

15-35 yosh oralig’ida bo‘lgan suratkashlikka qiziquvchi yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir mavzu boʻyicha gʻoliblar 200-300 AQSH dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda 15-35 yosh oraligʻidagi Afrika, Osiyo (shu jumladan, Oʻzbekison, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʻiziston ham)), Yevropa, Yevroosiyo, Lotin Amerikasi, Karib havzasi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika yoshlari qatnashishi mumkin.

Rasmlarni quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Rasmlar original boʻlishi, rasmni yuborayotgan ishtirokchi mualliflik huquqiga ega boʻlishi lozim (fotosuratlar fotosuratchi tomonidan yoki uning ruxsati bilan taqdim etilishi, suratda aks etadigan barcha shaxslar, binolar, obyektlar va boshqalardan foydalanishga ruxsat berilishi kerak).
  • Bitta ariza beruvchi 5 tagacha surat taqdim etishi mumkin. Bir necha marta ariza topshirishga ruxsat beriladi.
  • Har bir rasm tanlovning muayyan mavzusiga bag’ishlangan bo‘lishi lozim (bir yoki bir nechta mavzuda rasm yuborish mumkin).
  • Suratlar fotokamera yoki mobil telefonda olingan bo‘lishi mumkin.
  • Rasmlarni JPEG formatida, kamida 1 MB hajmda taqdim etilishi kerak.
  • Surat kontekstini, qayerda yoki qachon olingani haqidagi qisqacha maʼlumot yozilishi lozim (ingliz tilida).
  • Har xil belgilar, suv belgilari, qoplamalar, imzolarga ega suratlarni yubormang.
  • G’olib bo‘lgan fotosuratlar Youth Excel fond suratlariga qo‘shiladi va kelgusida dunyo bo‘ylab muloqot materiallari sifatida foydalaniladi.
  • Ariza topshirish orqali barcha ishtirokchilar o‘z tasvirlaridan Youth Excel, IREX, USAID tomonidan kelajakda ijtimoiy media, nashrlarda aloqa materiallari sifatida foydalanishlariga rozilik bildilardilar. Tanlangan suratlar egalariga tegishli foto krediti taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 18-iyul soat 09:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA to‘ldirishingiz va topshirishingiz mumkin.

G’oliblar 2022-yil avgust oyida e’lon qilinadi.

Tanlov qoidalari va shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!