×

16-25 yoshlilar uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi!


Grant

MUHLAT

15.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

28313 marta

“Mirzo Ulug’bek Vorislari” tanlovi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsoyalar Vazirligi,  “Ulug’bek jamg’armasi” hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda respublika bo’ylab 16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan innovatsion g’oyaga ega yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tanlov 3 bosqichda bo’lib o’tadi:

  • 1-bosqich: fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi
  • 2-bosqich: aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi
  • 3-bosqich: may oyida o‘tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi.

Grant kimlar uchun?

16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-bosqich g‘oliblari (har bir maʼmutiy birlikdan 5 nafar) bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (2024-yil yanvar holatiga ko’ra, 1 million 700 ming so’m) bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
  • 2-bosqich g‘oliblari (har bir maʼmuriy birlikdan 20 nafar) bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (2024-yil yanvar holatiga ko’ra, 3 million 400 ming so’m) bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
  • 3-bosqich g‘oliblari (jami 100 nafar) bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida (2024-yil yanvar holatiga ko’ra, 6 million 800 ming so’m) bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
  • Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi.
  • O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.

Talablar:

Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 15-favralgacha BU YERDAN onlayn ro’yxatdan o’tishi va IQ testini bajarishlari lozim. IQ testdan yetarli ball yig’gan nomzodlar 1-bosqichga taklif etiladi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: +99894 128 92 62

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!