×

18-29 yoshlilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 1 haftalik bepul onlayn maktab!


Grant

MUHLAT

05.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3684 marta

Avstriyadagi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash akademiyasi 18-29 yoshlilar, shu jumladan, talabalar uchun 1 haftalik yozgi maktab tashkil qilmoqda. Ushbu maktab korrupsiyaga qarshi kurash mavzusiga bagʻishlanadi hamda 2022-yilning 19-25-sentabr kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar maktab so‘ngida quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

  • Korrupsiya o‘zi nima ekanligi va uning jamiyatga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi bilimlar.
  • Korrupsiyaga qarshi kurash qadriyatlari va tamoyillari haqida to‘laqonli xabardorlik.
  • Korrupsiya mavjudligini tan olish, unga qarshi turish va oldini olish malakalarini o‘zlashtirish.

Yozgi maktabning 7 kunlik mashgʻulotlari jadvali haqida batafsil ma’lumot shu yerdan topasiz.

Mazkur maktab BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

 

Grant kimlar uchun?

18-29 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari quyidagilardan iborat:

  • Ishtirok etish mutlaqo bepul.
  • Dastur qatnashchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
  • Ishtirokchilar jahonning yetakchi ekspertlarining amaliy misollar va mavzular bo‘yicha noyob fiklari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  • Fikr va tajriba almashish, mintaqaviy tarmoqni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratiladi.
  • Seanslarda jonli qatnasha olmaydigan ishtirokchilarga cheklangan vaqt mobaynida video-yozuvlardan foydalanish imkoniyati beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Faqat belgilangan davlatlar fuqarolari qatnashishi mumkin. Bu davlatlar orasida Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozogʻistonm Qirgʻiziston va Afgʻoniston ham bor. To‘liq ro‘yxat bu yerda (List of eligible countries).
  • Qatnashchilar 18-29 yosh orasida (1992-yil 25-sentabrdan keyin va 2004-yil 19-sentabrdan oldin tug‘ilgan) bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim (bemalol so‘zlashish va yozish darajasida).
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga qiziqish, bu borada yetarli bilim/tajriba va ishtiyoqqa ega bo‘lish talaba etiladi.
  • Nomzodlarni tanlashda ularning bilimlari, ingliz tilini bilish darajasi, motivatsion xatda ko‘rsatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga qay darajada qiziqishi haqidagi xulosalar asos qilib olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Maktab uchun arizalar 2022-yil 5-sentabrgacha qabul qilinadi. Ariza BU YERDA onlayn tarzda toʻldiriladi.

Arizani toʻldirish jarayonida quyidagi hujjatlani ilova qilish kerak:

  • CV.
  • Pasport nusxasi.
  • Motivatsiya xati.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishni isbotlovchi hujjat.

Ingliz tilini yetarli darajada bilishni isbotlovchi hujjat sifatida quyidagilardan birini topshirish mumkin:

  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.).
  • Ta’lim tili ingliz tili bo‘lgan biror taʼlim muassasasida kamida bir yillik o‘qishni (uzluksiz taʼlim) tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat.
  • Muloqot tili ingliz tili boʻlgan muhitda yetarlicha ish tajribasiga ega ekanlik haqidagi hujjat.
  • Toʻliq ingliz tilida oʻqib qoʻlga kiritilgan ilmiy daraja (diplom).

MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon va ariza topshirish qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan alumni@iaca.int elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!