×

2019-yil uchun Eynshteyn Stipendiyasi dasturi


Grant

MUHLAT

15.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2276 marta

Eynshteyn Forumi, Daimler va Benz fondi iqtidorli yosh tadqiqotchilarni tugallagan sohasidan boshqa yo‘nalishdagi taqdiqot olib borishlari uchun stipendiyalar taklif qiladi. Bu dasturning maqsadi o‘z sohasida muvofaqqiyatli faoliyat olib borayotganlar bilan bir qatorda boshqa, Eynshteyn tomonidan belgilangan turli sohalarga qiziquvchilar uchun ham ochiq. Dastur yakunida, tadqiqotchi o‘z loyihasini Eynshteyn Forumi, Daimler va Benz fondida prezentatsiya qilishi kerak bo‘ladi. Bu dastur, ayni vaqtda o‘z ilmiy karyerasini boshlagan nomzodlar uchun emas.

Grant kimlar uchun?

35 yosh yoki undan kichik, gumanitar, ijtimoiy fanlar yoki tabiiy fanlar yo‘nalishida universitetni tamomlagan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu stipendiya dasturi tadqiqotchilarni Albert Eynshteynning Kaput (Brendenburg)dagi yozgi uyidagi bog‘ hovlisida 5-6 oyga turar joy bilan taminlaydi. Bu bog‘ hovli Berlin va Potsdamdagi akademik institutlarga yaqin joylashgan. Tadqiqotchilar 10,000 Yevro stipendiya va safar xarajatlari bilan taminlanadi.

Talablar:

Muvafaqqiyatli nomzod sifatli, original, texnik-iqtisodiy imkoniyati bor tadqiqot loyihalarini va o‘zining ilg‘or dunyoqarash sohibi ekanini ko‘rsata olishi kerak. Hujjat topshiruvchi hali o‘z ish faoliyatini boshlamagan, yoki hozir ishlayotgan, yoki PhD darajasini olgan bo‘lishi mumkin.

  • Hujjat topshiruvchi 35 yosh yoki undan kichik, gumanitar, ijtimoiy fanlar yoki tabiiy fanlar yo‘nalishida universitetni tamomlagan bo‘lishi kerak.
  • Hujjat topshiruvchi hali o‘z ish faoliyatini boshlamagan, yoki hozir ishlayotgan, yoki PhD darajasini olgan bo‘lishi kerak.
  • Germaniyalik va xalqaro nomzodlar hujjat topshira oladilar.
  • Bu stipendiya dasturi dissertatsiya ishlari uchun emas. Nomzod o‘zi tugallagan sohadan butunlay boshqa sohadagi tadqiqot loyiha taklifini ko‘rsatishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar pochta yoki elektron pochta orqali taqdim etilishi lozim. 2019-yilgi dastur uchun bitta CV, ikki sahifada tadqiqot lohiya taklifi (research proposal), ikkita tavsiyanoma qabul qilinadi.

Hujjatlarni pochta orqali ushbu manzilga yuborish kerak:

Prof. Dr. Susan Neiman, Einstein Forum, Am Neuyen Markt 7, 14467 Potsdam, Germany

Yoki ushbu elektron manzilga jo‘natish kerak: fellowship@einsteinforum.de

Telefon: +49-331-271780

Fax: +49-331-2717827

E-mail: fellowship@einsteinforum.de

Ma’lumotnoma ko‘rinishidagi Flayerni yuklab oling: SHU YERDA.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Einstein Forum

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!